Главная  /  EUROPE  /  ISPANIYA  /  IE University

IE University

IE Tower | IE University Driving Innovation - www.ie.edu

IE University — Ispaniyaning yetakchi va zamonaviy xususiy universitetlaridan biri bo‘lib, ta’limda innovatsiya, tadbirkorlik va global yondashuvni birlashtirgan oliygohdir. Universitetning asosiy kampuslari Madrid va Segovia shaharlarida joylashgan bo‘lib, ularning har ikkalasi ham o‘ziga xos uslub va muhitga ega.

Madriddagi kampus zamonaviy, osmono‘par IE Tower binosida joylashgan bo‘lib, Ispaniyadagi eng baland akademik binolardan biridir. Bu yerda texnologiyalar, biznes va xalqaro siyosat yo‘nalishidagi talabalar zamonaviy jihozlangan auditoriyalarda o‘qishadi. Segovia kampusi esa tarixiy binoda, sokin va ilhomlantiruvchi muhitda joylashgan bo‘lib, san’at, dizayn, arxitektura va gumanitar fanlar uchun ajoyib muhit yaratadi.

IE University o‘zining xalqaro qamrovi bilan mashhur. Talabalarning 75-80% dan ortig‘i dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan bo‘lib, o‘quv jarayonlari asosan ingliz tilida olib boriladi. Shu sababli, IE University xalqaro talabalarga moslashtirilgan, madaniyatlararo tajriba almashinuvi uchun keng imkoniyatlar yaratgan.

Universitet eng ko‘p talabgorlikka ega bo‘lgan sohalar: biznes, marketing, huquq, siyosatshunoslik, dizayn, kompyuter fanlari, ma’lumotlar tahlili (data science) va xalqaro aloqalar yo‘nalishlarida kuchli dasturlarni taklif etadi. Har bir fakultetda o‘qituvchilar amaliy tajriba va global ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislardir.

IE University nafaqat ta’lim, balki talabalarning shaxsiy o‘sishi va yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Kampuslarda talabalar klublari, startap inkubatorlar, madaniy va sport tadbirlari faol ishlaydi.

Universitet Times Higher Education, QS kabi nufuzli reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan. Ayniqsa, IE Business School dunyodagi TOP 10 ichiga kiruvchi MBA va boshqaruv dasturlari bilan mashhur.

Shu boisdan, IE University bugungi kunda dunyo bo‘ylab zamonaviy va xalqaro bilim olishni istovchi yoshlar uchun ideal tanlovga aylanmoqda.


  IE University (Spain) Fakultetlari

  1. IE Business School – Biznes va menejment

  2. IE Law School – Huquq va yurisprudensiya

  3. IE School of Politics, Economics & Global Affairs (SPEGA) – Siyosat, Iqtisodiyot va Xalqaro aloqalar

  4. IE School of Architecture & Design – Arxitektura va dizayn

  5. IE School of Science & Technology – Kompyuter fanlari, ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt

  6. IE School of Humanities – Tarix, falsafa, madaniyatshunoslik (yangi ochilgan)


  Qabul talablari (Admission Requirements)

  • Akademik hujjatlar:

    • Maktab attestati yoki bakalavr diplomi

    • Baholar transkripti (GPA yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiq)

  • Til talablari (Ingliz tilidagi dasturlar uchun):

    • IELTS: kamida 6.5 yoki TOEFL iBT: 90+

    • Yoki universitetning o‘z ingliz tili testidan o‘tish

  • Standart testlar:

    • IE University Admissions Test yoki SAT/ACT

  • Online assesment: qisqa videointervyu, yozma topshiriqlar

  • Motivatsion xat va tavsiyanoma (odatda 1–2 ta)

  • Portfolio (faqat san’at, dizayn, arxitektura dasturlari uchun)

  • Intervyu (shaxsiy suhbat) – oxirgi bosqich

  • To‘lov: yillik kontraktlar €20,000–30,000 atrofida, ammo grant va stipendiyalar mavjud.