Главная  /  EUROPE  /  POLAND  /  Uniwersytet Łódzki

Uniwersytet Łódzki

Uniwersytet Łódzki

Lodz universiteti Polshadagi siz kutgan davlat universiteti hisoblanadi. Universitetda hozirgi kunda 95 millat vakillari iborat talabalar bir oiladek tahsil olishmoqda. Lodz universiteti hamjamiyati turli madaniyat vakillarining bir-birini hurmat qilishi va diniy bag‘rikenglikka katta eʼtibor qaratadi.

Universitetga 1945-yilda asos solingan bo‘lib ko‘p vaqtgacha Polshadagi eng ko‘zga ko‘ringan va eng katta universitetlardan biri bo‘lib kelgan. Oliygohning 12 fakultet va filiallarida bakalavr bosqichi uchun 160 yo‘nalish bo‘yicha tahsil olishingiz mumkin. Bundan tashqari universitet bir qator doktorantura va 50ta magistratura dasturlari (shu o‘rinda Yevropa Ittifoqi moliyalashtirayotgan MBA dasturi ham) bor.

lodz2

Taʼlim polyak tilidan tashqari ingliz va fransuz tillarida olib boriladi. Lodz universitetida hozirgi kunda 32 000 dan ortiq talaba (aspirant, doktorantlar bilan birga hisoblaganda) tahsil olmoqda.           

 

Har yili universitetga kunduzgi va kechki taʼlim olish maqsadi ila 2600 dan ortiq chet ellik talabalar tashrif buyurishadi. Oliygoh o‘quv zallari va koridorlarida turli millat vakillari va ularning o‘z ona tilida olib borayotgan suhbatlariga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Lodz Universiteti talabalar uchun shaharda ko‘plab ko‘ngilochar tadbirlar uyushtiribgina qolmay Lodz shahrida uyushtiriladigan boshqa ko‘rgazmalarga ham ularni jalb qilishadi. Bundan asosiy maqsad shahar fuqarolari va xalqaro talabalar o‘rtasida yanada yaqinlik va do‘stona muhitni shakllantirishda yordam berishdir.

lodz

Dars jarayonlariga Polsha va Yevropadan ko‘plab mashhur tadbirkorlar, iqtisodchi va siyosatchilar, madaniyat arboblari mehmon sifatida taklif etiladi. Universitet QS Jahon Universitetlari reytingida kuchli 1000 talik universitetlar orasida 900- o‘rinni egallagan.(2018)

 

Lodz shahri – go‘zal, ko'kalamzor va tarixiy shahar. Shaharga tashrif buyurgan inson o‘sha zahoti mehmondo‘st madaniy va turli xil ko‘ngilochar festivallar yurtiga tushib qolganini his qiladi. Lodz Polsha va Yevropaning boshqa yirik shaharlariga boruvchi katta magistrallar o‘tgan markazda joylashgan.

lodz1

 

O‘qish davomida talabalar universitet maʼmuriyatidan Polshada noto‘liq ish kunida ishlash imkonini beruvchi yashash va ishlash ruxsatnomasini olishadi. Diplom olganingizdan so‘ng ushbu diplom bilan Polsha davlatida qonuniy ishlash huquqiga ham ega bo‘lasiz. Lodz Universiteti bitiruvchilari Infosys, Fujitsu, Assenture, Delloite, BSH, Somarch, UPS va Hutchinson kabi mashhur kompaniyalarda ishlashadi.

 

Endi esa o‘quv dasturlari bilan tanishamiz:

Bakalavr    

Yo'nalishlar Narxlar Yevroda  
Biznes boshqaruv (menejment) 2500
Kompyuter texnologiyalari 2500
Iqtisodiyot 2500
Ingliz tili 2000
Rus filalogiyasi 2000
Xalqaro va siyosiy fanlar(Specializations:American Studies, Asian Studies, Intercultural Communication, Politics and Policy in Europe, Security Studies.) 2500
Xalqaro marketing  2500
Boshqaruv (menejment) va moliya

2500

 

Magistratura Yo'nalish Narxi
Biznes Boshqaruv (Menejment)  2500
Kompyuter texnologiyalari 2500
Ekogidrologiya 3000
Iqtisodiyot 2500
Ingliz Tili 2000
Rus Filalogiyasi 2000
Xalqaro va Siyosiy fanlar 2500

Kerakli hujjatlar:

1. Ariza
2. Diplom tarjimasi (apostl)
3. Ingliz tili sertifikati B2 daraja (yoki ingliz tilida bakalavr ta'limi)
4. Nomzodning ta'lim xarajatlarni qoplash to'g'risidagi ma'lumotnomasi
5. Sog'lig'i to'g'risida ma'lumotnoma
6. Pasport nusxasi va 2 dona rasm 3.5x4.5 

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telegraminstagram va facebookda yozishingiz mumkin.
 
Murojaat uchun tel: +(998) 93 599 35 00