MDIS — Management Development Institute of Singapore

Singapurda joylashgan nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bu — Management Development Institute of Singapore (MDIS) hisoblanadi. MDIS 1956-yilda tashkil topgan bo‘lib, Singapurning eng qadimiy notijorat professional oliy ta’lim institutlaridan biridir. Bu universitet o‘zining xalqaro darajadagi ta’lim dasturlari, amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvi va kuchli akademik muhiti bilan mashhur.
MDIS xalqaro talabalar uchun juda qulay va keng imkoniyatlar yaratadi. Universitet Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya va Fransiyadagi hamkor universitetlar bilan birgalikda bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif etadi. Talabalar diplom va darajalarni MDIS orqali, lekin ayni hamkor universitet nomidan olishadi.
Asosiy yo‘nalishlar:
-
Biznes boshqaruvi
-
Muhandislik
-
Axborot texnologiyalari
-
Moda dizayni
-
Biotexnologiya
-
Turizm va mehmondo‘stlik
-
Psixologiya
-
Ommaviy kommunikatsiya
O‘qishga kirish talablari:
-
Bakalavr uchun: maktabni tamomlaganlik (12 yillik ta’lim) va ingliz tilini bilish (IELTS 5.5 yoki ekvivalent)
-
Magistratura uchun: bakalavr diplomi va til sertifikati (IELTS 6.0 yoki undan yuqori)
-
Tayyorlov kurslari ham mavjud bo‘lib, til va akademik tayyorgarlik uchun imkon beradi
Nega aynan MDIS?
-
MDIS o‘zining o‘quv kampusi, zamonaviy yotoqxonalari, laboratoriyalari va kutubxonalari bilan talabalarga qulay va samarali muhit yaratadi.
-
Universitetda 80 dan ortiq mamlakatdan talabalar tahsil oladi, bu esa xalqaro doirada tarmoq yaratish imkoniyatini beradi.
-
Amaliyotga asoslangan o‘qitish modeli va o‘z sohasida tajribali professor-o‘qituvchilari orqali talabalar real ish muhitiga tayyorlanadilar.
-
Singapur hukumati tomonidan tan olingan diplomlar MDIS bitiruvchilariga butun dunyoda yuqori malakali ish o‘rinlariga ega bo‘lish imkonini beradi.