Главная  /  Das Team Consulting

Das Team Consulting

“Das Team” Consulting O`zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari markazi ro`yxatidan  o`tgan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari tomonidan asos solingan konsultatsiya agentligi. 
DAS TEAM bu — yangi fikr va g`oyalarni amalga oshirishni ko`zlagan harakatchan yoshlar  jamoasi.
Faoliyatimizning so'ngi 2 yilida agentligimiz yordamida 300ga yaqin talabalar chet el universitetlarida ta'lim olish, yozgi ta`til va work and travel dasturlarida qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritishdi.
 
Agentligimiz va  dunyoning ko’plab rivojlangan mamlakatlari, shu jumladan:
-Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Polsha Latviya, 
-Rossiya Federatsiyasi
-Turkiya, Koreya Respublikasi, Malayziya
-Xitoy singari 20ga yaqin rivojlangan davlatlar universitetlari bilan hamkorlik yo'lga qo'yilgan bo'lib, birinchi navbatda mijozlarimizning sifatli va arzon ta’lim, davlat grantlari olish imkoniyatlari oliy maqsad qilib belgilangan. Shuningdek til kurslari va yozgi oromgohlar haqida ma’lumotlar, xalqaro konferensiyalar va ularni qo`lga kiritishda amaliy yordamni ham aynan “Das Team” Consultingdan olasiz.
Hozirda O'zbekistonda Germaniyaning Ferienjob(work and travel) dasturi shuningdek, Turkiyada oliy ta'lim olish masalasida eng yetakchi va ishonchli agentlik ham aynan Das Teamdir. Faoliyatimiz turlari, jamoamiz a'zolari soni ham kun sayin kengayishda davom etmoqda.   
Mamlakatimizda chet elda ta’lim olishga bo`lgan e’tibor oshib borayotganligini inobatga olgan agentlik xodimlari xizmatlar turi bilan bir qatorda ularni sifatli va ishonchli bo`lishini ta’minlashga harakat qilishadi. Sizda bu masalalarda o`zaro hamkorlik yoki fikr-mulohazalar bo`lsa biz bilan albatta bog`laning zero:
G`oyalar dunyoni asrab qoladi. Va biz g`oyalar bilan keldik!


Hurmat bilan “Das Team” jamoasi.