FuDan University
Fudan Universiteti – Xitoydagi ilm-fan darvozasi
Dunyo tez o‘zgarayotgan bir paytda, yoshlar uchun sifatli ta’lim va xalqaro tajriba muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shunday yirik imkoniyatlar eshigini ochib beruvchi oliygohlardan biri bu – Fudan Universiteti, Xitoyning eng nufuzli va eng qadimiy ilm maskanlaridan biridir.
Fudan Universiteti 1905-yilda tashkil topgan bo'lib, u o'z nomini zamonaviy Xitoy tilidagi “Fudan” iborasidan olgan. Bu ibora “uzluksiz yorug'lik” degan ma’noni anglatadi, ya'ni bilim nuri hech qachon so'nmasin degan umid bilan tanlangan. Dastlabki yillarda universitet G‘arb modeli asosida shakllangan bo‘lsa-da, yillar o‘tib Xitoyning milliy va xalqaro yondashuvlarini uyg‘unlashtirgan yirik akademik markazga aylandi.
Joylashuvi va Kampus hayoti
Fudan Universiteti Xitoyning eng zamonaviy va ko'p millatli shahri – Shanxayda joylashgan. Shanxay – bu nafaqat iqtisodiy markaz, balki yoshlar uchun cheksiz imkoniyatlar makonidir. Universitetda 4 ta asosiy kampus mavjud: Handan, Fenglin, Zhangjiang va Jiangwan. Har bir kampus zamonaviy infratuzilma, qulay xonalari, kutubxonalar, laboratoriyalar, sport jihozlari va o'quv binolari bilan jihozlangan.
Akademik dasturlar va fakultetlar
Fudan Universiteti 30 dan ortiq fakultet va institutlarga ega. Unda bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida yuzlab yo'nalishlar mavjud. Ayniqsa quyidagi sohalar bo'yicha u jahon reytinglarida yuqori o'rinda turadi:
Biznes va menejment
-
xalqaro Munosabatlar
-
Tibbiyot va biotexnologiya
-
Kompyuter Ilmlari va Sun'iy intellekt
-
Jurnalistika va OAV
“Huquq” va “Iqtisod”
Aynan Menejment yo‘nalishi bo‘yicha Fudan nafaqat Xitoyda, balki Osiyoda yetakchi hisoblanadi. Uning Iqtisodiyot va Menejment Maktabi xalqaro akkreditatsiyalarga ega va ko'plab global kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.
Qobul talablari :
-
IELTS yoki HSK sertifikati talab qilinadi
-
Onlayn ariza topshirish
-
Motivatsion xat va tavsiyanoma
-
Diplom va baholar
Deadlinelar: bahorgi semestr uchun yanvar , kuzgi semestr uchun esa may oyining oxirigacha ariza topshirish kerak bo'ladi.