ZheJiang Gongshang University
.
Zhejiang Gongshang University - Ilm-fan va innovatsiyalar sari yo'l
Zhejiang Gongshang University (ZJSU) - Xitoyning Zhejiang provinsiyasida korxona, iqtisodiyot, savdo, menejment, huquq va zamonaviy texnologiyalar yo'nalishlarida yuqori bo'lgan nufuzli davlat universitetlaridan biridir. Bu dargoh Xitoyning eng tez rivojlanayotgan shaharlaridan biri — Hangzhou shahrida joylashgan bo‘lib, xalqaro talabalarga keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
Zhejiang Gongshang University ilk bor 1911-yilda tashkil topgan. Dastlab savdo va iqtisodiyot kollej sifatida faoliyat yuritgan bu muassasa, vaqt o‘tishi bilan Xitoydagi eng zamonaviy va innovatsion oliygohlardan biriga aylandi. Universitetning asosi savdo, iqtisodiyot va menejment sohalariga qaratilgan bo‘lsa-da, bugungi kunda u san’at, texnologiya, axborot tizimlari, turizm va xalqaro munosabatlar kabi ko‘plab fakultet va yo‘nalishlarga ega.
Universitet bugungi kunda 20 dan ortiq fakultet va maktablarga ega. Eng mashhur fakultetlar qatoriga:
-
xalqaro iqtisodiyot va savdo fakulteti
-
Menejment fakulteti
-
Turizm va mehmondo'stlik fakulteti
-
Kompyuter fanlari va sun'iy intellekt fakulteti
-
Ijtimoiy fanlar va san'at fakulteti
-
Huquq fakulteti
Bu dargohda o‘qish nafaqat bilim olish, balki xalqaro do‘stlar orttirish, dunyoqarashni kengaytirish, va eng asosiysi — zamonaviy Xitoyda yashash tajribasiga ega bo‘lish demakdir. Universitet bugungi kunda 30 dan ortiq davlatdan minglab xalqaro talabalarni qabul qiladi. O'zbekistondan ham har yili ko'plab yoshlar aynan shu universitetni tanlamoqda.
ZJSU ning kampuslari zamonaviy, keng va qulay sharoitlarga ega. Kutubxonalar, laboratoriyalar, sport jihozlari, yotoqxonalar va universitet shaharchasi barcha talabalar uchun moslashtirilgan. Universitet shuningdek, talabalar uchun Xitoydagi turli kompaniyalarda amaliyot o‘tash, tanlov va innovatsion startaplarda ishtirok etish imkoniyatlarini yaratib beradi.
Universitetning o'quv dasturlari ingliz va xitoy tillarida olib boriladi. Masalan, “International Business”, “Tourism Management”, “E-commerce” kabi yo'nalishlar to'liq ingliz tilida o'qitiladi, bu esa til bilgan talabalar uchun katta imkoniyatlardir.
Qobul talablari:
-
IELTS 5.5 yoki HSK4 (ingliz yoki xitoy tilida o'qish uchun)
-
12 yillik maktab/kollej diplomi
-
Motivatsion xat va tavsiyanomalar
-
Ba'zi yo'nalishlar uchun suhbat yoki qo'shimchai mtihon talab qiladi
Ariza topshirish muddati:
-
Bahorgi qabul: noyabr – yanvar
-
Kuzgi qabul: mart – iyun
Zhejiang Gongshang University - Xitoyda sifatli va nufuzli ta'lim olish kerak har bir yosh uchun ishonchli tanlovdir. Bu dargohda siz moddiy kasb egasi bo'lasiz, balki Xitoyning zamonaviy jamiyatida o'z o'rningizni topasiz, innovatsiyalar, texnologiya va global hamkorlik muhitida shakllanasiz.