Главная  /  Grants & programs  /  Ausbildung dasturi

Ausbildung dasturi

Ausbildung o’zi nima va u qanday dastur?

“Ausbildung” dasturi bu – ma’lum kasbga yo’naltirilgan, nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirgan holda kasbni chuqur o’rgatish uchun Germaniya mehnat vazirligi tomonidan tashkil etilgan dastur hisoblanadi.

image

        Dasturda kimlar qatnasha oladi ?

Ushbu dasturning o’ziga xos xususiyat va imkoniyatlaridan biri shuki, dasturda qaysi davlatdan bo’lishingiz, jinsingiz, mavqeyingiz ahamiyat kasb etmaydi.

Dasturda 18 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan barcha qatnasha oladi.

                               Dastur talablari qanday ?

  • Dasturda qatnashib Germaniyaga ketguncha 18 yoshga to’lgan bo’lish ;
  • Kamida maktab, kollej, litsey yoki Oliy ta’lim muassasasini tugatgan va diplom/shahodatnomaga ega bo’lish ;
  • Nemis tilini kamida B1 darajada bilish va til sertifikatiga ega bo’lish ;
  • Muayyan kasbga bo’lgan qiziqish va motivatsiya ;
  • Jamoada ishlay olish ;

 

formstabil-azubikommunikation-icons-1280x853

          Dasturda qanday sohalar mavjud ?

  Ushbu dasturda 330 dan ortiq sohalar mavjud. Sotuvchilikdan tortib chilangarlikkacha, IT, xizmat ko’rsatishning barcha sohalari va hokazo.

  Dasturda eng ko’p uchraydigan sohalar, texnika va xizmat ko’rsatish sohalari hisoblanadi.

  Siz o’zingiz xohlagan va yoqtirgan kasb bo’yicha dasturda qatnashish imkoniyatiga ega bo’lishingiz mumkin, biz bilgan deyarli barcha sohalar ushbu dasturda mavjud.

 

            Dasturda nimalar bo’ladi ?

  Dastur qatnashuvchisi tanlagan kasbiga ko’ra muayyan firmada kasbni amaliyot o’tagan holda o’rganadi. Amaliyot haftada 3-4 kun bo’lib o’tadi. Amaliy mashg’ulotlardan tashqari, kasb bo’yicha nazariy bilimlarni haftada 2-3 kun kasb maktabida o’rganadi.

  Nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirgan holda kasbni mukammal o’rganish imkoniyatiga ega bo’lish mumkin.

  Kasb maktabi uchun ketadigan o’quv xarajatlari dasturda amaliyot o’tayotgan korxona tomonidan to’liq qoplab beriladi.

 

           Dastur nima bera oladi ?

  1. Dastur qatnashchilari muayyan kasbni nazariya va amaliyotni umumlashtirgan holda kasbning yetuk mutaxassisi bo’lib chiqishadi.
  2. Dasturni muvaffaqiyatli tugatganlar diplom olish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
  3. Bitiruvchilarning 70-80 % qismi o’sha firmada yoki shu sohada doimiy ishga joylashishadi.
  4. Dastur davomidagi amaliyot uchun 8.00-1.150 yevro miqdorida oylik haq to’lanadi. Oylik ish haqi har yili 150 yevro atrofida oshirib boriladi.
  5. Bitiruvchilar Germaniyada kasb mutaxassisi bo’lib chiqish va doimiy ishlash imkoniyatini qo’lga kiritishadi.
  6. Diplom orqali kasb mutaxassisi sifatida nafaqat Germaniyada, balki butun dunyoda ishlash imkoniyatiga ega bo’lishadi.

azubi-benefits-2800x2060_1140w

            Dastur davomiyligi qancha ?

  Dastur davomiyligi tanlagan sohangizga ko’ra, 2 yarim yildan 3 yarim yilgacha davom etadi.

  Kasbni mukammal o’rganish orqali dasturni yarim yildan bir yilgacha muddatda oldinroq tugatish va doimiy ishchi sifatida ishlash imkoniyatiga ham ega bo’lish mumkin.

 

           Til bilish darajasi

  Dasturda qatnashishni istaganlar nemis tilida kamida B1 darajaga ega bo’lishi va Goethe sertifikatiga ega bo’lishi (TestDaF) talab qilinadi.

  Til bilish darajasiga qo’yiladigan talab tanlanadigan soha va kasbga ko’ra o’zgarishi mumkin. Masalan, xizmat ko’rsatish sohalari, jumladan, sotuvchilik, mehmonxonada faoliyat va shunga o’xshash sohalarda B1 daraja yetarli, ammo, IT, shifokorlik/xamshiralik kabi sohalarda B2 daraja talab qilinadi.

  Bazi kasblarda, xususan, IT sohasida nemis tilida yaxshi bilimdan tashqari, ingliz tilida ham kamida B2 darajada bilim talab qilinadi. Lekin bunday sohalar soni juda kam.

  Qisqa qilib aytganda, juda ko’p sohalarda nemis tilini B1 darajada bilish va til sertifikatiga ega bo’lish kifoya qiladi.

          Improve-Customer-Service-For-Businesses                                 

          Til bilmasamchi ?

  Dasturda qatnashish istagida bo’lganlar uchun DAS TEAM jamoasi maxsus til kurslarini taklif etadi.

  “DAS TEAM” jamoasining professional nemis tili kurslari orqali “nol” dan B1 yoki B2 darajagacha bilimlarni egallashingiz va dasturda qatnashishingiz mumkin.

  Sizga qulaylik yaratish maqsadida, kurslarimiz nafaqat Offline, balki Online shaklda ham tashkil etiladi. Bu bilan siz o’zingizga qulay vaqt va sharoitda nemis tilini o’rganish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

 

          Biz quyidagi xizmatlarni taqdim etamiz:

  1. Til bilmaydiganlar uchun nemis tilini “nol”dan boshlab o’rgatish;
  2. Tanlanadigan soha bo’yicha ish takliflari taqdim etish;
  3. Dastur hujjatlarini tayyorlash;
  4. Shartnomalarni Original nusxada tayyorlab berish;
  5. Viza hujjatlarini tayyorlashda nazariy yordam berish
  6. Germaniyada yashash va ishlash bo’yicha kerakli va foydali ma’lumotlarni berish;

            

 

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telegraminstagram va facebookda yozishingiz mumkin.

Telefon: +998 93 599 35 00