Главная  /  2024-yilda chet elda o'qishni rejalashtiryapsizmi, bularni bilishingiz shart

2021-yilda chet elda o'qishni rejalashtiryapsizmi, bularni bilishingiz shart

 

Ushbu mavzu sizni qiziqtirdimi? Demak, sizda xorijda tahsil olish istagi mavjud va bu borada sizni qiziqtirgan muhim savollar va tushunmovchiliklarga yechim olishni xohlaysiz.

 

 

Maqola so'ngigacha siz xorijda o'qish uchun qanday qilib universitet tanlashdan boshlab, o'qish davomida xorijda sizni nimalar kutayotgani va o'qishni tamomlaganingizdan keyin siz xohlaydigan yuqori maoshli ish topish aslida qiyin kechmasligiga ishonch hosil qilishingiz uchun bilishingiz kerak bo'lgan muhim ma’lumotlarga ega bo'lasiz.

 

Xorijda o'qish kelajak uchun hayotingizning eng muhim davri hisoblanadi!

Agar siz o'zingiz butun umr xohlagan shaharda bo'lishni va u yerning bir qismi sifatida yashab dunyoqarashingizni o'stirishni orzu qilsangiz, xorijda o'qish aynan shu orzuyingizni amalga oshirishning eng yaxshi yo'li hisoblanadi.

Kuchli tarix, dunyo miqyosida katta ilmiy reputatsiya va siz orzu qilgan ijtimoiy hayot - bularning barchasini siz yaqindan ko'rishingiz va o'rganishingiz mumkin. Dunyoning turli xil mamlakatlaridan kelgan turli xil dunyoqarashga ega talabalar bilan bir universitetda tahsil olish orqali sizning kelajakdagi butun rejalaringiz umuman o'zgarib, hayotda o'zingiz istagan pozitsiyaga chiqishingiz mumkin.

 

Xorijda tahsil olish hayotingiz uchun shunchalik muhim ahamiyatga egaki, siz bunga befarq qarashingiz mumkin emas.

 

“Kemaning kelishini kutmang, o'zingiz suzib boring”

Biz har doim orzu qilamiz va har doim qachondir qilgan orzularimiz bilan yashaymiz.

Lekin har doim ham shu orzularni amalga oshirish uchun harakat qilmaymiz. Qandaydir fursatni kelishini va o'z-o'zidan biz qilgan orzular amalga oshib qolishini xohlaymiz. Afsuski, hayotda bunday bo'lmaydi. Siz o'zingiz o'zingiz uchun harakat qilishingiz kerak.

 

Chet elda o'qish niyatida bo'lsangiz va buni qanday amalga oshirishni hamda ishni nimadan boshlashni bilmayotgan bo'lsangiz, xavotirga tushmang. Xorijda tahsil olish haqida bir qarorga kelganingizning o'zi birinchi eng muhim qadam hisoblanadi. Qolgan bosqichlarni birma-bir amalga oshirish mumkin.

Xorijda tahsil olish uchun universitet tanlash

Chet elda o'qish uchun universitet tanlash ko'pchilik abituriyent va talabalarda qiyin kechadigan jarayon hisoblanadi.

 

Bu ishni amalga oshirish uchun e’tibor qilishingiz shart bo'lgan jihatlar mavjud. Agar siz shu jihatlarni hisobga olsangiz, bu savolga javob topish siz o'ylaganchalik qiyin kechmaydi.

 

Demak, xorijda tahsil olish uchun universitet tanlashdan oldin, quyidagi savollarga javob topishingiz kerak:

  • Xorijda o'qiy olishim uchun menda qancha mablag' bo'lishi kerak?
  • Qaysi shaharda o'qishni orzu qilaman?
  • Qaysi yo'nalishda ixtisoslashaman?
  • U yerni tamomlaganimdan so'ng o'zim sevgan sohada meni qanoatlantiradigan maoshda ishlay olamanmi?

Yuqoridagi savollarga aniq javob berish orqali siz tanlash uchun bir nechta variantlarga ega bo'lasiz. O'zingizning xohishingizga ko'ra, ulardan birini tanlashingiz mumkin bo'ladi.

Tanlayotgan universitetingiz siz kelajakda orzu qilgan kasbni bera oladimi?

Bir tasavvur qilib ko'ring...

Xorijda tahsil olish uchun o'zingiz yoqtirgan mamlakat va universitetni tanladingiz. Juda ham katta xarajat va vaqt sarfladingiz va nihoyat diplomni qo'lingizga oldingiz.

Xo'sh, shunday vaziyatda diplomingiz bilan ish so'rab borganingizda sizni qanday kutib olishadi?

O'zingiz istagan va sizni qiziqtirgan muhitda sizni qanoatlantirgan maoshda ishlay olasizmi?

Aynan mana shu narsalarni hali universitet tanlashdan oldin hisobga olishingiz kerak bo'ladi.

Bularni qayerdan aniqlash mumkin?

Buni aniqlash uchun siz aynan shu sohada yoki shu universitetda tahsil olib tamomlagan talabalar fikrlarini o'rganing. Agar sizning bunday tanishlaringiz bo'lmasa, bu ishni online amalga oshirishingiz mumkin, ya'ni universitet rasmiy saytidan talabalarning universitet haqida bildirgan izohlarini o'rganib chiqing.

Ish beruvchilar talablarini o'rganib chiqing va siz tahsil olmoqchi bo'lgan universitet shu talablarga javob bera olish-olmasligiga aniqlik kiriting.

Xorijda tahsil olish sizga diplomdan tashqari qanchalik ko'p yutuq va ustunliklarni bermasin, sizning hozirgi asosiy maqsadingiz sizga kelajakda o'zingiz istagan narsalarni bera oladigan bilim va ko'nikmaga ega bo'lish.

Shuning uchun ham hujjat tayyorlashdan oldin, o'qimoqchi bo'lgan universitetingiz haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo'ling.

Ishni nimadan boshlash kerak?

O'zingiz istagan universitetda tahsil olish va o'sha mamlakatda yashash uchun universitetni tanlash va xohishning o'zi kamlik qiladi.

Juda ham ko'pchilik abituriyentlar va talabalar bu bosqichda yetarlicha bilim va tajribaga ega bo'lmaganliklari oqibatida bir necha barobar ko'p pul sarflab yuborishlari yoki juda ham ko'p vaqt yo'qotishlari mumkin.

Undan ham yomoni, shuncha vaqt va mablag' sarflanishiga qaramasdan, o'zlari istagan universitetga qabul qilinmaslik holatlari ham ko'p kuzatiladi.

Xo'sh, shunday bo'lmasligi uchun va shunday holatlarni oldini olish nima qilish kerak?

Juda ham ko'p pul va vaqt yo'qotmaslik uchun sizga shu soha mutaxassislari maslahati kerak. Xorijda tahsil olishingizga yordam beradigan konsalting kompaniyalar bu ishni amalga oshirish uchun eng maqbul tanlov bo'ladi.

Lekin, undan ham muhim va e'tibor berilishi kerak bo'lgan jihat bu - shunday firmalarning ishonchlisini tanlash.

Ular qancha talabani muvaffaqiyatli tarzda o'zlari istagan universitetda tahsil olishlarida yordam bera olishgan? Ular siz istagan mamlakat universitetlari bilan hamkorlikka egami? Siz tanlagan universitetga qabul qilinishingiz kafolati qanday bo'ladi?

Shunday talablarga javob bera oladigan firma izlab topa olmagan bo'lsangiz yoki hali ham izlayotgan bo'lsangiz, sizga xushxabarimiz bor: Das Team jamoasi universitet tanlashdan boshlab, o'qishga qabul qilinib, visa olishingizgacha bo'lgan bosqichni muvaffaqiyatli bosib o'tishingizga yordam bera oladi.

Hozir yoki hech qachon

Siz o'qishni istagan universitetlarga qabul yopilmasdan turib, siz aynan o'sha universitet talabasi bo'lib qabul qilinganligingizga ishonch hosil qilishingiz kerak.

Haliyam ishni nimadan boshlashni bilmayapsizmi?

👇 Das Team bilan hoziroq bog'laning:

📞 Telefon raqam: +998935993500

👨🏻‍💻 Administrator: TELEGRAM,INSTAGRAM,FACEBOOK