Главная  /  grants & programs  /  Yaponiya MEXT GRANT

Yponiya MEXT GRANT

Yaponiya: Magistratura va doktorantura bosqichida o'qish uchun MEXT to'liq grantiga hujjatlar qabul qilinmoqda!

MEXT-Scholarship-for-Undergraduates-Masters-PhD

 

Yaponiyaning ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT) tomonidan xorijiy talabalarga magistratura va doktorantura bosqichida 2024-yildan boshlab o'qish uchun ajratiladigan grant - "Tadqiqotchi talaba(Research Student)" dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Magistratura/doktoranturani ingliz yoki yapon tilida o'qish mumkin. O'qiladigan tilni nomzodning o'zi tanlaydi.

O'qish uchun tanlash mumkin bo'lgan sohalar cheklanmagan grant Yaponiyada istalgan sohada o'qish uchun beriladi. Biroq nomzodlar ozlari bakalavriatda (magistratura uchun) yoki magistraturada (doktorantura uchun) o'qigan yo'nalishi mos/aloqador sohani tanlashi kerak.

Dasturga gabul qilingan nomzodlar 2024-yilning aprel oyida (bahorgi semestr) yoki oktabr oyida (kuzgi semestr) o'qishni boshlashi mumkin. Qaysi semestrdan boshlab o'qishni nomzodning o'zi tanlaydi.

Ma'lumot uchun: MEXT granti dunyoning eng nufuzli grantlaridan biri hisoblanadi hamda talabaning barcha xarajatlarini to'liq qoplab beradi.

MEXT stipendiyasi dunyo reytingida Top 300 talik universitetlar qatoriga kiruvchi Osiyo Tinch okeani universiteti (APU) da bepul oʻqish uchun moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura yoki doktorantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun.

Nomzod quyidagi talablarga mos bo'lishi kerak:

  • Yaponiya bilan diplomatik aloqalarga ega davlat fugqarosi bo'lishi lozim (O'zbekiston Yaponiya bilan diplomatik aloqaga ega).
  • Yaponiya fuqarosi bo'lmasligi lozim.
  • 1989-vil 2-aprel va undan keyin tug'ilgan bo'lishi kerak.
  • Magistratura uchun nomzod bakalavrlik diplomiga ega bo'lishi yoki bakalavriatning oxirgi kursida o'qiyotgan bo'lishi kerak. Doktorantura uchun magistrlik darajasiga ega yoki magistraturaning oxirgi kursida o’qgiyotgan bo'lishi kerak.
  • Nomzod yapon tilini kamida boshlang'ich darajada (kamida hiragana va katakana alifbosini) bilishi va bu tilni o'rganishga tayyor bo'lishi lozim. Shunindek, Yaponiyaga qiziqishi hamda Yaponiyaga borgach, Yaponiya haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishi lozim.

Dastur uch bosqichda amalga oshiriladi:

  • Hujjatlarni topshirish.
  • Yozma imtihon topshirish. Yaponiyada ingliz tilida o'qimoqch bo'lganlar ham, yapon tilida o'qimoqchi bo'lganlar ham har ikkala tildan imtihon topshiradi. Ingliz tilida o'qimoqchi bo'lganlar yapon tilini kamida boshlang'ich darajada bilishi, ya'ni kamida hiragana va katanaka alifbolarini bilishi kerak.

Topshiriladigan hujjatlar ro'yxati:

  • So'rovnoma-ariza (Application form) - 1 asl nusxa, 2 ta ko'chirma nusxa.
  • OTMlarni tanlash shakli (Placement Preference Form) - 1 asl nusxa, 2 ta ko'chirma nusxa.
  • O'rganish sohasi va tadqiqot rejasi - 1 asl nusxa, 2 ta ko'chirma nusxa.
  • Baholari ko'rsatilgan diplom ilova (oxirgi o'qish joyi bo'yicha) - 1 tasdiqlangan nusxa, 2 ta tasdiqlangan variantidan ko'chirma nusxa. Bitirmagan talabalar uchun har bir akademik yil uchun sinov gaydnomadan baholar ko'rsatilgan ko'chirma taqdim etadi. Fanlar va baholarning inglizchaga/yaponchaga tarjimasi yo OTMning o'zi tomonidan (muhr va imzo bilan) tasdiqlangan bo'lishi kerak.
  • Oliy o'quv yurtini bitiriganlik haqida diplom (oxirgi o'qish joyi bo'yicha) - 1 tasdiqlangan nusxa, 2 ta tasdiqlangan variantidan ko'chirma nusxa. Hali diplom olmagan nomzodlar oliy o'quv yurtidan uning belgilangan muddatda diplomni olishini tasdiqlovchi ma'lumotnoma taqdim etishi zarur.   
  • Nomzod bitirgan oliy o' quv yurtidan tavsiyanoma (rektor, dekan yoki ilmiy rahbaridan) - 1 asl nusxa, 2 ta ko'chirma nusxa. Tavsiyanoma shakli ixtiyoriy.
  • Tibbiy guvohnoma - 1 asl nusxa, 2 ta ko'chirma nusxa.
  • 2024-yil uchun belgilangan namunadagi blank, ingliz tilida to'ldirilib, doktor imzosi va shifoxonaning (poliklinika) muhri bo'lishi shart. Har qanday shifoxona (poliklinika) yoki xususiy tibbiyot markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
  • Ilmiy ish konspekti - ingliz yoki yapon tilidagi tezislar, ya'ni ilmiy (diplom, kurs) ishning qisqacha mazmuni.
  • Hozirgi ish joyidan tavsiyanoma (Faqat ishlovchilar uchun) - 1 asl nusxa, 2 ta ko'chirma nusxa.
  • Til bilish darajasini isbotlovchi hujjat(lar)ning (IELTS, TOEFL, JLPT va boshqalar) 2 ta nusxasi. Bu hujjatning originali topshirilmaydi. IELTS minumum 6.5 
  • San'at asarlarining fotosusurati yoki CD da ovoz-video yozuvi - 1 asl nusxa, 2 ta ko'chirma nusxa. Bu materiallarni faqat musiga va san'at sohasidagi mutaxassislar uchun.

Stipendiyani yutgan talaba qaysi universitetda o'qiydi: Yaponiyaning qaysi universitetida o'qishni talabaning o'zi tanlaydi. Talaba, qoidaga ko'ra, o'zi o'qishni xohlaydigan 3 ta Yaponiya universiteti ro'yxatini dastur tashkilotchilariga taqdim qiladi.

 

Foydali tomonlari;

  • APU tomonidan 100% o’qish puli qoplab beriladi;
  • Yashash xarajatlari uchun oyiga 144,000JPY (Taxminan 990.79$ miqdor o’zgarishi mumkin) pul ajratiladi;
  • Borish-kelish uchun ekanom-klassdagi havo qatnovi ta’minlab beriladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar;

2024-yildan boshlanadigan oʻqish uchun nomzod APUga 2023-yilning 15-noyabriga qadar ariza berishga ulgurishi kerak. Oliygoh ariza hujjatlarini koʻrib chiqadi va MEXTga tavsiya etish uchun munosib nomzodlarni tanlaydi. Shundan soʻng, agar lozim deb topilsa, nomzodlardan qoʻshimcha hujjatlarni toʻldirish soʻraladi. Stipendiyaga doir yakuniy natijalar bilan faqat saralab olingan nomzodlar xabardor qilinadi.

 

To’liq ma’lumot uchun: Telegram /instagram / Facebookda  ga murojaat qilishingiz mumkin.

Contact us:

+998935993500 +998937613500

info@dasteam.uz