Главная  /  ASIA  /  Xitoy  /  East China University of Science and Technology

East China University of Science and Technology

Sharqiy Xitoy fan va texnologiya universiteti (ECUST)

East China University of Science and Technology (ECUST) - Xitoyning eng nufuzli texnika oliygohlaridan biri bo'lib, 1952-yilda Shanxay tashkil etilgan. Universitet asosan fan, texnologiya, soha muhandislik va kimyo sanoatiga ixtisoslashgan bo'lsa-da, bugungi kunda unda iqtisod, menejment, gumanitar fanlar, farmatsiya va boshqa yo'nalishlar ham qo'shilgan.

Universitetda xalqaro talabalar uchun alohida dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ingliz tilida olib boriladigan kurslar ko‘plab chet ellik yoshlarga zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish imkonini beradi. ECUST Xitoydagi ko‘plab sanoat korxonalari bilan hamkorlikda ishlaydi va talabalarni amaliyot bilan bog‘liq loyihalarga keng jalb etadi. Shu sababli bu universitetni tamomlagan bitiruvchilar ish bozorida katta ustunlikka ega bo'ladilar.

ECUST nafaqat akademik jihatdan, balki shaharning markaziy hududida joylashgan qulay kampus hayoti, zamonaviy kutubxonasi, laboratoriyalari va xalqaro talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlari bilan ham ajralib turadi. Har yili yuzlab talabalar bu universitetga kirish uchun ariza topshiradi, chunki u ilg‘or ta’lim va tajriba berishga e’tibor qaratadi.

Shu boisdan, agar siz fan, texnika, kimyo yoki boshqaruv yo'nalishlarida o'qishni istasangiz, East China University of Science and Technology siz uchun ajoyib tanlov bo'lishi mumkin.

Asosiy yo'nalishlar (xalqaro talabalar uchun):

  • Kimyo muhandisligi (Chemical Engineering)

  • Kompyuter fanlari va IT

  • Biznes va Iqtisodiyot

  • Muhandislik (Elektronika, Mexanika)

  • Xitoy tili va madaniyati

  • Environmental Engineering

    Bakalavr bosqichi:

    • O'rta ta'lim diplomi (11/12 yillik)

    • IELTS 5.5 yoki TOEFL 80

    • Pasport, tibbiy ko'rik, motivatsiya xati

    • 18–25 yosh bo'lishi ma'qul

    Magistratura:

    • bakalavr diplomi

    • IELTS 6.0 yoki TOEFL 85

    • 2 ta tavsiyanoma, motivatsiya xati, CV

    • Ba'zi yo'nalishlar uchun intervyu