Dubaidagi Germaniya Amaliy fanlar universiteti
Germaniya Amaliy fanlar Yevropa universiteti 4 ta kampusga ega bo'lib, ulardan bittasi Dubai shahrida joylashgan va bu Germaniyadan tashqarida joylashgan ilk Amaliy fanlar universiteti hisoblanadi. Ushbu xalqaro universitet eng iste'dodli yoshlarni o'z bag'riga chorlaydi va o'z ko'zlagan maqsadlariga yetishish uchun zarur ko'nikmalarni o'rgatadi.
University of applied science Germaniyadagi eng mashhur universitetlardan biri bo'lib,ta'lim tili ingliz tilidir. Ta'lim sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega, bitiruvchilarning 93%i 1 yil ichida o'z sohalarida ish topishga muvaffaq bo'lishadi.
Amaliy fanlar bo'yicha Yevropa universiteti (UE) Germaniyada yigirma yil oldin tashkil etilgan va hozirda Berlin, Gamburg, Iserlohn va Potsdamda o'z kampuslariga ega. UEni boshqa universitetlaridan ajralib turadigan jihati shundaki, har bir kampus alohida ixtisoslikka ega. Iserlohn tibbiyotga ixtisoslashgan bir paytda, Gamburg san'at,media va biznes dasturlari markazidir. Dubay kompusining ochilishi bilan mintaqadagi talabalar EUning mintaqa talablariga javob beradigan maxsus dasturlar va tajribalardan foydalana olish imkoniyatini beradi. EU mukammalikka intilishi barcha kompuslarda barqaror bo'lib, talabalar joylashuvi joyidan qat'iy nazar, jahon darajasidagi ta'lim olishlarini ta'minlaydi.
Nima uchun aynan Dubai shahrida? Dubai- innovatsiyalar va imkoniyatlarga boy jo'shqin hayotga ega bo'lgan shahar hisoblanadi. O'z sohasida mukammal kadr bo'lishga intilayotgan talabalar uchun Dubai sifatli ta'lim va yaxshi yashash sharoiti bilan ta'minlaydi. O'zining dinamik madaniyatidan tortib, cheksiz imkoniyatlarigacha Dubai sizni eng yaxshi versiyangizni ko'rishga yordam beradi. Dunyoning eng rivojlanayotgan shaharda siz sifatli nemis ta'limini o'rganish imkoniyatini qo'lga kiritasiz.
2023-2024- o'quv yili uchun sentabr oyida quyidagi yo'nalishlarda qabullar boshlangandi;
MSc Data Science
MSc Software engineering
MA Visual and experience Design
2024- yildan quyidagi yo'nalishlarga ham qabul boshlandi:
BSc Business and Management Studies
BSc Digital Business and Data Science
MA Innovation Dsign Management
MBA (with various specialists)
UNIVERSITETGA KIRISH UCHUN QUYIDAGILAR TALAB QILINADI:
Maktab yoki Kollej diplomi, transcrpti
Til bilish sertifikati;IETLS,TOEFL,Duolingo,Pearson test of English
CV
Passport kopiya
Motivational letter
Business va Txnologiya yo'nalishiga kirmoqchi bo'lganlar kirish testini topshirishlari shart, boshqa yo'nalishlar bundan mustasno. Bahorgi semester mart oyidan, Kuzgi semester Sentabr oyidan boshlanadi. Baklavr 3 yil davom etadi, 5- semesterni siz o'zaro hamkorligi bor universitetlarda ham o'qishingiz mumkin.
Ming marta eshitgandan, bir marta borib ko'rgan yaxshi. Hujjatlatlaringizni topshiring va Germaniya Amaliy fanlar universitetida Dubaida o'qish imkoniyatiga ega boling.