Главная  /  Yevropa  /  POLSHA  /  Varshava Biznes Universiteti va Varshava Gumanitar Universiteti

Varshava Biznes Universiteti va Varshava Gumanitar Universiteti

 

 

Varshava Biznes Universiteti va Varshava Gumanitar Universiteti

(The Warsaw University of Business & The Warsaw University of Humanities)

 

Без имени-1

Varshava Biznes Universiteti nodavlat universitet bo’lib, bir necha yil davomida ta'lim sohasida faol ishtirok etib kelmoqda. Varshava Biznes Universiteti 2001-yilda tashkil topgan va shu paytgacha menejment va logistika sohalarida boy va har tomonlama keng o’quv kurslarini taklif qilish orqali talabalarning cheksiz qiziqishiga erishgan. Varshava Biznes Universiteti o’quv darslari amaliy xarakterga ega va aksariyat mashg'ulotlar amaliyot shaklida olib boriladi. Menejment kurslari talabalarni o'z kompaniyalarini boshqarish, xodimlar guruhlarini boshqarish va mahalliy va xalqaro kompaniyalarda boshqaruv rollarini bajarishga tayyorlaydi. Logistika kursida talabalar korxonalarda logistika faoliyatining amaliy jihatlari, transport va ekspeditorlik kompaniyalarida kelajakdagi kareralarini rivojlantirish uchun poydevor yaratish asoslari bilan tanishadilar.

 

Varshava Gumanitar Universiteti 2002-yilda tashkil etilgan va shu davr mobaynida o'zining o’ziga xos uslubini yaratgan universitetlardan biridir. Varshava Gumanitar Universiteti Polshadagi jurnalistika sohasidagi eng yaxshi universitetlardan biri sifatida tanilgan. Varshava Gumanitar Universitetida amaliyotga katta ahamiyat beriladi. Talabalar amaliyot o'tash va amaliy mashg'ulotlar orqali kasbiy tajribaga ega bo'ladilar. Ta'limning yuqori sifati bitiruvchilarga turli yo’nalishda kasbga joylashish imkoniyatini beradi, jumladan: jurnalist, muxbir, publitsist. Jurnalistika sohasida yetakchi universitet sifatida tan olinish bilan bir qatorda, Varshava Gumanitar Universiteti professional fotosuratchilar yetishtirishda ham o’z nufuziga egadir. Varshava Gumanitar Universiteti talabalarni zamonaviy ommaviy axborot vositalarida ishlash talablarini bajarishga tayyorlash uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan birlashtirib olib borishga sodiqdir.

 

Varshava Biznes Universiteti va Varshava Gumanitar Universitetlari Varshavaning markazida joylashgan hamda metro, tramvay va avtobusdan foydalanishga juda qulaydir.

 

 

Talablari:

 

Bakalavrda - 11-sinf o'quvchisi yoki maktab bitiruvchisi, o’rta va o’rta-maxsus diplom (attestat)

Magistratura uchun - bitiruvchi kurs talabasi yoki bakalavr dasturi bitiruvchisi

Ingliz tilini bilish - B2, TOEFL (IBT 87, CBT 180, PBT 510), TOEIC (700), IELTS (6.0) darajasidagi bilimlar sertifikati. (yoki ta’lim tili ingliz tili bo’lgan universitetlar bitiruvchisi) yoki suhbat orqali

Pasport nusxasi      

 

 

To’lov summasi:

 

Bakalavr - € 2,400 va registratsiya uchun € 100

Magistratura - € 2,400 va registratsiya uchun € 100

MBA - € 3,800 va registratsiya uchun € 100

 

Murojaat uchun tel: +(998)919753500 (telegram:@olimjonobidov) 

 

1000000