Главная  /  grants & programs  /  Germaniya dasturlari  /  Au - Pair dasturi

Au - Pair dasturi

     Au - Pair o’zi nima va u qanday dastur ?

“Au - Pair” dasturi bu – qatnashuvchilar tomonidan Germaniyadagi ma’lum bir oilaning farzandlariga g’amxo’rlik qilinishi va oila yumushlariga yordamlashishi uchun tashkil qilingan dastur hisoblanadi.

     Dasturda kimlar qatnasha oladi ?

Dasturda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan barcha qizlar va ayollar qatnasha olishadi.

 

_Au Pair_

          Dastur talablari qanday ?

  • Dasturda qatnashib Germaniyaga ketguncha 18 yoshga to’lgan bo’lish ;
  • Kamida maktab, kollej yoki litseyni tugatgan va diplom/shahodatnomaga ega bo’lish ;
  • Nemis tilida kamida A2 darajada bilimga ega bo’lish ;
  • Tarbiyachilik xususiyatlariga ega bo’lish, ayniqsa, yosh bolalarga g’amxo’rlik qila olish ;
  • Xushmuomalalik

        Dasturda mezbon oilani tanlash imkoniyati mavjudmi ?

  Ushbu dasturda qatnashuvchi dasturda qatnashiladigan mezbon oilani ixtiyoriy ravishda tanlash imkoniyatiga ega bo’lishadi.

   Mezbon oilani millatiga, shahriga qarab tanlash imkoniyati ham mavjud.

 

au-pair-germany-2

            Dasturda nimalar bo’ladi ?

  Dasturda qatnashuvchi bir mezbon oilaga biriktirilgan holatda qatnashadi. Yani, ushbu oilaning uy yumushlariga yordamlashadi, farzandlariga g’amxo’rlik qilishda ko’maklashadi.

  Dastur odatda 10-12 oy davom etadi.

            Dastur nima bera oladi ?

  1. Dastur orqali Germaniya madaniyati bilan chuqurroq tanishish imkoniyati bo’ladi.
  2. Dunyoqarashni oshirish va yangi bilimlar o’rganish imkoniyati mavjud bo’ladi.
  3. Yevropa, xususan Germaniya uchun kelajak eshiklari ochiladi.
  4. Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so’ng, Germaniyada Ausbildung, Bakalavrda ta’lim olish yoki boshqa dasturlar orqali qolish va ishlash imkoniyati paydo bo’ladi.
  5. Mezbon oila tomonidan yeb-ichish, yotoq bilan ta’minlash, yo’lkira xarajatlari, sayohat qilish xarajatlari va boshqa shunga o’xshash kundalik xarajatlarning barchasi qoplab beriladi.
  6. Bundan tashqari, mezbon oila tomonidan qatnashchilarga har oy 300-400 yevro miqdorida maosh ham to’lab boriladi.
  7. Mezbon oilaning taklifiga ko’ra, qatnashchiga Ausbildung, bakalavr yoki magistraturada o’qish xarajatlarining barchasi qoplab berilishi ham mumkin.

               Dastur davomiyligi qancha ?

  Dastur davomiyligi odatda, 10-12 oy davom etadi, lekin ko’p hollarda mezbon oila bilan kelishgan holatda, dasturni yana shuncha muddatga cho’zdirib borish imkoniyati ham mavjud bo’ladi.

               Til bilish darajasi

  Dasturda qatnashish istagida bo’lganlar o’rtacha A2 darajada nemis tili bilimlariga ega bo’lishi talab etiladi, ammo, hech qanday til sertifikati talab qilinmaydi.                                       

                             

Costumer-Service

           Biz quyidagi xizmatlarni taqdim etamiz:

 

  1. Qatnashuvchiga mezbon oilalarni shahriga, millatiga ko’ra tanlash imkoniyati yaratib berish  ;
  2. Dastur hujjatlarini to’liq tayyorlab berish ;
  3. Hujjatlarni Original nusxada qatnashuvchiga taqdim etish ;
  4. Mezbon oila, shahar bo’yicha va Germaniyada yashash haqida kerakli va foydali ma’lumotlarni berish 

 

Murojat uchun :

TELEGRAM,INSTAGRAM,FACEBOOK