Главная  /  Yevropa  /  POLSHA  /  Universitetlar va qabul haqida ma`lumot

Universitet haqida

photo_2020-08-21_12-35-27

Polsha va Latviya universitetlari bahorgi qabuli ochilib yoshlarimiz ham yana yangi imkoniyatlarga ega bo'lishmoqda. Agar siz ham yevropada tahsil olayotgan boshqa tengdoshlaringiz kabi talaba bo'lish istagida bo'lsangiz biz berayotgan taklif va maslahatlarimizni yaxshilab o'qib chiqing!

Polsha elchixonasi qayta faoliyat boshlashini e'lon qilgach ko'pgina do'stlarimiz bizga o'qish masalasida murojaatlar qilishayapti. Shu sababdan hozir Polsha vizasi va Das Team Consultingning mijozlari uchun beradigan professional yordami nimalardan iborat ekanligi haqida so'z yuritamiz.

Avvalambor bakalavr bosqichi uchun nimalarga ahamiyat qaratmog'imiz lozim?

O'rta(maktab attestati) va o'rta maxsus(kollej va litsey) diplomiga ega yoshlar hech ikkilanmay Polshada bakalavr bosqichida o'qish istagini bildirishlari mumkin.  

E'tibor bering! Viza beruvchi davlatlarda asosiy me'zon bakalavr boshqichiga ketayotgan talabaning  yoshi va til bilish darajasi hisoblanadi. Yurtimizda faoliyat olib borayotgan chet elda ta'lim agentliklarining deyarli  har biri siz tanlangan oliygohga hujjatlaringizni topshirishda yordam bera oladi. Ammo elchixona hujjatlari tayyorlash tartibida yo'l qo'yilgan kichik xatolar ham vizadan rad javobi olishingizga sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun agentlik tanlayotganingizda ularning bu boradagi tajribasi bilan tanishib chiqing.

Karantin davrida tabiiyki chet el universitetlariga topshiradigan yoshlar soni keskin kamaydi. Bunda ba'zi holatlarda elchixonalarning ishlamagani sabab bo'lsa ba'zida karantin xavotirlari ham talabalar va ularning ota-onalarini yana bir bor o'ylantirib qo'ygani ham rost. 

Ikkilanishga hojat yo'q! Chunki so'ngi viza natijalariga e'tibor bersak 2020-yil kuzgi semestriga talabalar orasida viza olish ko'rsatkichi  90%dan yuqori bo'ldi. Polsha hukumati tomonidan fuqarolarimiz uchun ilk bora shunday katta ishonch bildirilmoqda. (Va albatta agentliklar ham o'z ishlarini a'lo darajada bajarishmoqda))    

Bizning firma xizmatlari nimalardan iborat?

Universitet uchun:

  • Mijozga universitet haqida to'liq ma'lumot berish
  • Universitetga hujjatlarini muvafaqqiyatli topshirishda yordam
  • Diplom va ilovani polyak tiliga(Apostl) o'girishda ko'maklashish  
  • Til sertifikati bo'lmasa suhbatga tayyorlash
  • Universitetga bank to'lovi qilishda yordam va original hujjatlarini talabaga yetkazib berish

Elchixona uchun:

  • Online navbat olish va anketa to'ldirib berish
  • Bank ma'lumotnomasi tayyorlashda yordam
  • Tibbiy sug'urta tayyorlab berish 
  • Elchixona suhbatiga tayyorlash
  • Aviachipta olishda yordamlashish

Firma xizmatimiz 1million so'm shartnoma asosida qabul qilinadi.

Universitetga topshirish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar.

  • diplom(attestat)
  • xorijga chiqish pasporti (qizil pasport)
  • til sertifikati IELTS min 5.5 (yoki til bilish darajasi)

Bizning hamkor universitetlar haqida ma'lumotni berilgan linklar orqali yana bir bora o'qib chiqishingiz mumkin.

1️ The University of Business in Wrocław  (http://dasteam.uz/the-university-of-business-in-wroclaw/poland)

2️ The West Pomeranian Business School  (http://dasteam.uz/the-west-pomeranian-business-school/poland)

3️ Vistula University  (http://dasteam.uz/vistula-university/-poland

4️ Lazarski University  (http://dasteam.uz/lazarski-university-/poland

5️ Uniwersytet Łódzki  (http://dasteam.uz/uniwersytet-lodzki/polsha

6️ Polish-Japanese Academy of Information Technology (http://dasteam.uz/polish-japanese-academy-of-information-technology

7️ WSB University in Poznan (http://dasteam.uz/wsb-universities-poznan

  Shuhratbek Ramil Islombek KarimovAkmal

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telegraminstagram va facebookda 

Olimjon Obidovga yozishingiz mumkin. Asror

Telefon: +998919753500