University of Queensland (UQ)

University of Queensland (UQ) — Avstraliyaning eng yirik va xalqaro darajada tan olingan oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lib, 1909-yilda tashkil topgan. Bu universitet Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi Brisben shahrida joylashgan bo‘lib, ilm-fan, texnologiya va taʼlim sohasida yetakchilardan biri sanaladi.
Brisben shahri — Avstraliyadagi eng tez rivojlanayotgan shaharlardan biri bo‘lib, xalqaro talabalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy sharoitlarga ega. Shuningdek, iqlimi iliq va yashash uchun qulay bo‘lgani uchun ko‘plab xorijiy talabalar bu universitetni tanlaydi.
University of Queensland o‘zining yuqori ilmiy reytingi, kuchli akademik dasturlari va innovatsion tadqiqotlari bilan mashhur. QS World University Rankings 2025-yil reytingiga ko‘ra, UQ dunyo universitetlari orasida eng yaxshi 50 talik ro‘yxatiga kiradi. Universitet ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va startaplarni rivojlantirishda katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Masalan, dunyoga mashhur Gardasil nomli papillomavirusi vaksinasi aynan UQ olimlari tomonidan ishlab chiqilgan.
UQ 400 dan ortiq bakalavriat, magistratura va PhD dasturlarini taklif etadi. Unda 50 mingdan ortiq talaba tahsil oladi, shulardan 20% dan ortig‘i xalqaro talabalar bo‘lib, bu universitetda global muhitda o‘qish imkonini beradi. Har yili dunyoning 130 dan ortiq mamlakatidan talabalar UQ ga o‘qishga keladi.
UQ global darajadagi universitetlar guruhiga kiradi — Group of Eight (Go8) deb ataluvchi Avstraliyaning eng nufuzli 8 universiteti tarkibida. Bu guruhga faqat eng yuqori darajadagi ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi universitetlar kiradi.
Asosiy fakultetlar:
-
Faculty of Business, Economics and Law (BEL)
-
Menejment, buxgalteriya, iqtisodiyot, huquq
-
-
Faculty of Engineering, Architecture and Information Technology (EAIT)
-
Kompyuter fanlari, muhandislik, arxitektura, sun’iy intellekt
-
-
Faculty of Health and Behavioural Sciences (HaBS)
-
Psixologiya, jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlash
-
-
Faculty of Medicine
-
Tibbiyot, biomeditsina, klinik tadqiqotlar
-
-
Faculty of Humanities and Social Sciences (HASS)
-
Tarix, xalqaro munosabatlar, tilshunoslik, taʼlim
-
-
Faculty of Science
-
Biologiya, kimyo, fizika, ekologiya, matematika
-
-
Faculty of Agriculture and Food Sciences
-
Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat texnologiyasi
-
Qabul talablari (bakalavriat uchun):
-
Akademik talablar:
-
Maktab baholari yuqori bo‘lishi lozim (GPA: 80% va undan yuqori).
-
A-level yoki O‘zbekiston milliy tizimi bo‘yicha attestat asosida baholash.
-
-
Ingliz tili talablari:
-
IELTS: 6.5 (yo‘nalishga qarab 7.0 gacha bo‘lishi mumkin)
-
TOEFL iBT: 87+
-
-
Qo‘shimcha hujjatlar:
-
Motivatsion xat
-
Tavsiyanoma (magistratura uchun)
-
Ba’zi yo‘nalishlarda portfolyo yoki intervyu
-
-
Yillik kontrakt narxlari: AUD $35,000 – $55,000 (yo‘nalishga qarab)
-
Grant va stipendiyalar:
-
Xalqaro talabalar uchun to‘liq va qisman stipendiyalar mavjud (UQ International Scholarship, Australia Awards va boshqalar).
-