Главная  /  grants & programs  /  Türkiye Burslari  /  Türkiye Burslari - Turkiyada ta'lim olishda ajoyib imkoniyat!

Türkiye Burslari - Turkiyada ta'lim olishda ajoyib imkoniyat!

Türkiye Burslari - Turkiyada ta'lim olishda ajoyib imkoniyat!

2023-2024-o‘quv yili uchun Turkiya Burslari grant dasturi barcha bosqichda: bakalavr, magistratura, doktaranturada to'liq moliyalashtirilgan holda o'qish imkoniyatini beradi. 
Ushbu grant dasturiga barcha davlat fuqarolari ariza yuborishlari mumkin, turk tilini avvaldan bilish talab etilmaydi. Agar nomzod turk tilini bilmasa, bir yil qo'shimcha til kursida o'qishi va C1 daraja olishi kerak, kurs puli ham dastur tomonidan qoplanadi. Agar nomzod turk tilini mukammal akademik darajada bilsa, til kursida qo'shimcha 1 yil o'qishi talab etilmaydi.
Dasturga topshirishdan avval nomzodlar o'zlariga mos yo'nalish va universitetni tanlab olishlari kerak. Shundan keyin dasturga ariza topshirish mumkin va arizani to'ldirish davomida tanlangan yo'nalish va universitet qayd etib o'tiladi. Grant dasturi, faqat xalqaro talabalarni qabul qilganligi sababli, turli davlatlardan kelgan xalqaro talablar bilan o'qish imkoniyati mavjud bo'ladi.
Nomzodga bo’lgan shartlar;

  •   Hozirda va oldin ham Turkiya fuqarosi boʻlmagan barcha xalqaro talabalar, tadqiqotchilar ariza topshirishlari mumkin;
  •   Bakalavr bosqichi uchun 21 yoshdan kichik va akademik koʻrsatkichlari eng kamida 70% boʻlishi kerak;
  •   Magistratura bosqichi uchun 30 yoshdan kichik, PHD bosqichi uchun esa 35 yoshdan kichik nomzodlar qabul qilinadi, ushbu bosqichlar uchun akademik koʻrsatkichlari 75% dan yuqori boʻlishi kerak;
  •   Nomzodlarning salomatlik darajasi ham a'lo bo'lishi lozim.

Foydali tomonlari;
  Turkiya Burslari grant dasturi oʻqish pulini, turar-joy, borib-kelish aviachipta va tibbiy sugʻurta xarajatlarini qoplaydi;
  Shuningdek, har oy stipendiya beriladi: bakalavr talabalari uchun — 1700 TL , magistratura uchun — 2,400 TL, doktorantura uchun — 3,000 TL;
  Grantni yutgan, ammo turk tilini bilmaydigan talabalar uchun 1 yillik til kursi oʻtiladi va kurs puli ham dastur tomonidan toʻlab beriladi;
  
Hujjat topshirish;

  •  Ushbu grant dasturiga topshirgunga qadar tamomlagan barcha taʼlim muassasalaridagi diplom yoki sertifikatlari;
  • Maktabda oʻqish davomida qilgan barcha jamoat xizmatlari roʻyxati (qanchalik faol boʻlgani);
  • Yuqori sinfda olgan baholari va natijalari;
  •  Akademik litsey/kollejda olgan baholari va ularning natijalari;
  • Grantga topshirishdan maqsadi yoritilgan xat (Statement of purpose, Letter of Intent, Research proposal);
  •  Pasport, fotosurat va NIC (Milliy Informatika Markazi);
  •  Barcha akademik transkriptlar;
  •  Diplom yoki bitirganligi haqida sertifikat;
  •  Til testi va xalqaro imtihon natijasi (agar soʻralgan boʻlsa);
  •  Tilni qanchalik bilish qobiliyati sertifikati (language ability certificate);
  •   Sertifikat olgan oxirgi kursi haqida;
  •   IELTS yoki shunga oʻxshash xalqaro imtihonlarda: GRE, GMAT, SAT olgan ballari va sertifikatlari (agar tanlagan universiteti va yo‘nalishida talab etilgan bo‘lsa);
  •   Tavsiyanoma (yaxshi baholar olgan fan oʻqituvchilari tomonidan yozilishi maʼqul);
  •   Ish tajribasi boʻlsa uni ham kiritib qoʻyish kerak.

Natijalarni eʼlon qilib borish quyidagi tartibda boʻladi:
  Hujjat topshirish 24-fevralga qadar davom etadi;
  Dastlabki saralash bosqichi natijalari Fevral oyi oxiridan May oyigacha eʼlon qilinadi;
  Saralash bosqichidan oʻtganlarni Mart oyidan Iyun oyigacha intervyuga taklif qilinadi;
  Natijalar Iyul oyida eʼlon qilinadi;
  Iyul-avgust oylarida ketish uchun zarur hujjatlar tayyorlanadi
;

  Oʻquv yili 2024-yil sentyabr oyida boshlanadi.

 

DAS TEAM CONSULTING

Murojat uchun:TELEGRAM,INSTAGRAM,FACEBOOK

Теги studyinturkeyuz grantlar studyinturkey turkiya burslari