Ajou Universiteti
Ajou Universiteti
1973-yilda tashkil etilgan Ajou universiteti Janubiy Koreya poytaxti Seuldan 30 kilometr janubda Suvon shahrida joylashgan.
Universitet Koreya-Fransiya texnologiya universiteti tarkibida o’sib borayotgan mamlakatda modernizatsiya davrida tashkil etilgan bo’lib, bu ikki davlat o’rtasidagi madaniy hamkorlik natijasi bo’lib, muhandislik sohasiga o’ziga hos etibor qaratgan.
Bugungi kunda Ajou universitetida 10ta fakultetda 14,000ga yaqin talaba tahsil oladi. Ularning aksariyati bakalavr darajasida, taxminan 4000 nafari magistraturada, 500 nafari esa doktoranturada o’qiydi.
Bakalavriat dasturlari 9 ta bakalavriat fakultetlari orqali tavsiya qilinadi: Muhandislik, Farmotsevtika, Biznes boshqaruvi, Axborot texnologiyalari, Gumanitar fanlar, Tabiiy fanlar, Ijtimoiy fanlar, Hamshiralik va Huquqshunoslik.
Universitet tadqiqot va ishlanmalar uchun markaziy o’rinni egallaydi.
Xalqaro miqyosda Ajou universiteti 60 tagacha mamlakatdagi 200dan ortiq universitetlar bilan hamkorlik qiladi. Universitetning global miqyosda keng doiradagi xalqaro dasturlari, jumladan, talabalar va professor-o’qituvchilar almashinuvi, yozgi maktablar va koreys tili dasturlari mavjud.
Chet-ellik talabalar uchun darslar ingliz tilida olib boriladi va har yili universitet boshqa mamlakatlardan 750ga yaqin talabalarni qabul qiladi.
Kompusda 4ta yotoqxona mavjud. Ulardan 2tasi o’g’il bolalar uchun, 1tasi qiz bolalar uchun, 1tasi umumiy va xalqaro talabalar uchun ham.
Talablar:
1.Passport
2.Maktab yoki litseydan olingan bitiruv attestat
3.Til sertifikati( Koreys yoki ingliz tilida)
4.Hujjatlarni transcripti
5.Ota-onasining passporti
6.Bank hisob
7.CV/Resume
Quyida baklaviriat fakultetlari va ularning kontrakt narxlari keltirilgan:
fakultetlar: |
Narxlar: |
Muhandislik |
4000 $ |
Tabiiy fanlar |
3500$ |
Information technology |
4000 $ |
Gumanitar va ijtimoiy fanlar |
3100 $ |
meditsina |
5638 $ |
farmatsevtika |
5238 $ |