Главная  /  Yevropa  /  LATVIYA  /  Baltic International Academy

Baltic International Academy

BALTIC INTERNATIONAL ACADEMY

Boltiqbo‘yi davlatlari xususiy universitetlari orasida eng katta universitetlardan biri Boltiq Xalqaro Akademiyasiga 1992-yilda asos solingan.

Oliygoh Latviya Oliy Taʼlim Vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib Yevropa standartlaridagi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Hozirgi kunda BXA (inglizcha BIA) 26 taʼlim dasturlarini 8 yo‘nalishda olib boradi.

Barcha taʼlim bosqichlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi.

·         Kollej dasturlari (o‘rta maxsus darajasiga asoslangan 1chi darajali professional oliy taʼlim)

·         Akademik va Professional Bakalavr dasturi.

·         Akademik va Professional Magistratura dasturi.

·         PhD dasturlari.

BIA

Shu paytgacha akademiyani 30 000 dan ortiq talabalar bitirgan bo‘lsa, hozirda 2057 nafar talaba tahsil olmoqda. BXA ko‘p millatli oliygoh hisoblanadi. Bu yerda 30 ta davlatdan kelgan 500dan ortiq talaba taʼlim olishadi.

Boltiq Xalqaro Akademiyasi butun dunyodagi xalqaro universitetlar bilan 400ga yaqin hamkorlik shartnomalari imzolangan bo‘lib ularning 145 tasi 25ta Yevropa universitetlarining ERASMUS+ dasturiga doir shartnomalardir.

Akademiyada amaliy va nazariy mashg‘ulotlar, shuningdek master-klasslar biznes va tadbirkorlik sohasida yuksak tajribaga ega yuqori darajadagi taniqli maʼruzachilar tomonidan olib boriladi. Ularning 110tasida professor va doktorlik darajasi mavjud.

Bundan tashqari 6ta Madaniyat va axborot markazlari mavjud

1.       Nemis madaniyat markazi.

2.       Shimoliy xalqlar markazi.

3.       Kamsonlipolyaklar iqtisodiy markazi.

4.       “Rus dunyosi” madaniyat markazi.

5.       Yevropa ittifoqi madaniyat markazi.

6.       Latviya madaniyat markazi.

BIA 2

Oliygohda maxsus kutubxona va 17ta o‘qish zali, 3 ta kafiteriya, 12 ta kompyuter xonasi va Lomonosov nomidagi konferensiyalar markazi bor.

Endi esa fakultetlar bilan tanishib chiqamiz.  

 
Kollej dasturi davomiyligi narxi  €
Huquq  2 yil 2125
Atrof muhit dizayni
Interyer Dizayni 2 yil 3000 
Vizual aloqa 2 yil 3000

 

Bakalavr davomiyligi  narxi  €

Yevropa tadqiqotlari:Xalqaro Munosabatlar

3 yil 2125
Huquq 4 yil 2125
Turizm va mehmonxona boshqaruvi

4 yil

 

2125
Moliya Menejmenti 4 yil 2125
Kompyuter dizayni 4 yil 2125

Yevropa Iqtisodiyoti va biznes

4 yil 2125
Psixologiya 4 yil 2125
Yozma va Og'zaki tarjimonlik 4 yil 2125
Tadbirkorlik 4 yil 2125
Biznes Boshqaruv 4 yil 2125

 

Bakalavr davomiyligi  narxi  €

Yevropa tadqiqotlari:Xalqaro Munosabatlar

3 yil 2125
Huquq 4 yil 2125
Turizm va mehmonxona boshqaruvi

4 yil

 

2125
Moliya Menejmenti 4 yil 2125
Kompyuter dizayni 4 yil 2125

Yevropa Iqtisodiyoti va biznes

4 yil 2125
Psixologiya 4 yil 2125
Yozma va Og'zaki tarjimonlik 4 yil 2125
Tadbirkorlik 4 yil 2125
Biznes Boshqaruv 4 yil 2125

 

Magistratura davomiyligi  narxi  €
Biznes menejment va Boshqaruv 1.5 -2 yil 2125
Ishlab chiqarish sanoatida aloqalar Menejment  2 yil 2125
Huquq

2 yil

2125
Xalqaro Moliya  2 yil 2125
Kompyuter dizayni 1.5-2 yil 2125
Yevropa tadqiqotlari:Xalqaro Munosabatlar 2 yil 2125
Psixologiya 2 yil 2125

 

PhD davomiyligi  narxi  €
Mintaqaviy Iqtisodiyot va Iqtisodiy Siyosat 3 -4 yil 2700
Huquq San'ati 3-4 yil 2700

Kerakli hujjatlar:

1. Ariza
2. Diplom tarjimasi (apostl)
3. Ingliz tili sertifikati B2 daraja (yoki ingliz tilida bakalavr ta'limi)
4. Nomzodning ta'lim xarajatlarni qoplash to'g'risidagi ma'lumotnomasi
5. Sog'lig'i to'g'risida ma'lumotnoma
6. Pasport nusxasi va 4 dona rasm 3.5x4.5 

7. CV va Motivation (Magistratura va Phd uchun) 

8.Ish joyidan ma'lumotnoma (Magistratura va Phd uchun)

BIA 1