Главная  /  Das Team Consulting

Das Team Consulting

“Das Team” Consulting O’zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari markazi ro’yxatidan  o’tgan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari tomonidan asos solingan konsultatsiya agentligi. 

Yangi fikr va g’oyalarni amalga oshirishni ko’zlagan harakatchan yoshlar  jamoasi. 

Biz bilan siz dunyoning ko’plab rivojlangan mamlakatlari, shu jumladan:
- Buyuk Britaniya,
- Germaniya,
- Fransiya,
- Rossiya Federatsiyasi,
- Turkiya,
- Koreya Respublikasi,
- Xitoy
singari 20ga yaqin rivojlangan davlatlarda sifatli va arzon ta’lim, davlat grantlari olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Shuningdek til kurslari va yozgi oromgohlar haqida ma’lumotlar, xalqaro konferensiyalar va ularni qo’lga kiritishda amaliy yordamni ham aynan “Das Team” consultingdan olasiz. 

Mamlakatimizda chet elda ta’lim olishga bo’lgan e’tibor kundan kunga oshib borayotganligini inobatga olgan agentlik xodimlari xizmatlar turi bilan bir qatorda ularni sifatli va ishonchli bo’lishini ta’minlashga harakat qilishadi. Sizda bu masalalarda o’zaro hamkorlik yoki fikr-mulohazalar bo’lsa biz bilan albatta bog’laning zero:
G’oyalar dunyoni asrab qoladi. Va biz g’oyalar bilan keldik!


Hurmat bilan “Das Team” jamoasi.