Главная  /  Yevropa  /  GERMANIYA  /  GISMA Business School

GISMA

GISMA Busines School

GISMA Business School

The German International School of Management and Administration GISMA (Germaniya Xalqaro Menejment va Boshqaruv Oliygohi) 1999-yilda Germaniya Federativ Respublikasi sobiq kansleri Gerxard Shreder tomonidan asos solingan. Universitetni ochish Germaniyada faoliyat olib borayotgan xalqaro kompaniyalar uchun yetuk professional kadrlar tayyorlash zaruratidan kelib chiqqan.

Universitet ochilishida Quyi Sakasoniya viloyatida joylashgan yirik kompaniyalar Continental, Georgsmarienhütte, Nord / LB, Siemens, TUI va Volkswagen yaqindan yordam berishadi. Hozirgi kunda GISMA bitiruvchilarining aksariyati aynan shu kompaniyalarning mutaxassisligiga taklif qilinmoqda.

GISMA Yevropadagi ko’plab oliygohlar bilan yaqindan aloqalar o’rnatgan.

 

Ta’lim dasturlari.

GISMA talabalarga Germaniyada ingliz tilidagi sifatli oliy ta’limni taklif qiladi. Universitet professor o’qituvchilari amaliy va nazariy bilimga ega yetuk mutaxasislar hisoblanishadi. Talabaning tanloviga ko’ra ta’lim Berlin yoki Gannoverdagi kampuslarda olib boriladi.

Biz taklif qiladigan boshqa oliygohlardan GISMAning ajralib turadigan jihati universitetning barcha ta’lim dasturlarini o’zi taklif qiladigan dasturlar va boshqa yetakchi va ajoyib potensialga ega Yevropa universitetlari bilan hamkorlikda tashkillashtirishida.

Quyida ushbu universitetlar bilan tanishib chiqamiz:

  • Grenoble (GEM) - Fransiya

Grenobl Menejment Oliygohi bilan hamkorlikda: "bugalteriya va budjetlashtirish", "moliya va iqtisod", "strategik va operativ menejment", "marketing", "menejmentda texnologiya va investitsiyalar", "xalqaro menejment va biznes", "biznes tadqiqoqtlar tahlili" 2 yillik magistratura ta’lim dasturlarini taqdim etishadi.

Рисунок3

 

  • University of LAW (ULAW) - Buyuk Britaniya

Huquq Universiteti “liderlik va HR”, “Xalqaro bugalteriya”, “ma’lumotlar menejmenti va kiber xavfsizlik”, "loyiha menejmenti”, “dijital marketing” va bir qator boshqa 1yillik magistratura dasturlarini olib borishadi.

ulaw

  • Kingston University (KU) - Buyuk Britaniya

1 yillik “Xalqaro biznes menejmenti” magistratura yo’nalishi.

  • The Language Gallery (TLG)- Buyuk Britaniya

Bu ta’lim dasturi til kurslari va Germaniya davlat universitetlarida tahsil olishni istagan har qanday talabalar uchun juda qulay. Sababi Buyuk Britaniyaning Pathway Universiteti tajribasi asosidagi til kurslari va Studienkolleg (aynan sdudienkollegdan keyin Germaniya davlat universitlariga hujjat topshira olishingiz mumkin) dasturlarini taqdim qilmoqda.

Рисунок4

  • GISMA Business University of Applied Sciences – Germaniya

Universitetning o’zida esa Gannover shahrida joylashgan kampusida “Xalqaro agrobiznes” va “Dijital transformatsiyada yetakchilik” yo’nalishlarida 1.5 yillik magistratura dasturlari bor.

  Gisma study payment

Talabalar turar joyi haqida ma’lumot.

 Germaniyada tahsil olayotgan talabalarda turar joy uchun juda ko’plab variantlar bo’ladi. Eng ommalashgan variant esa talabalarning o’zaro kelishgan holda alohida kvartira yoki apartamentlar olishi hisoblanadi. Bunda bir , ikki yoki ko’pxonali kvartiralarni ijaraga olishlari mumkin.

Turar joy kvartiralarda kishi boshiga o’rtacha 380 yevro  bir kishilik apatamentlar esa o’rtacha 450 yevro turadi. Talabalarimiz orasida Berlinda hattoki 100 yevrodan ham kvartira topib yashayotgan omadlilari ham bor. Lekin Germaniyadek davlatda o’qishing o’zi OMAD ekanligini unutmang.

 

Buning uchun qaysi konsalting markaziga murojaat qilishni bilasiza?)

To’liq ma’lumot uchun: Telegram / Instagram/ Facebookda @olimjonobidov ga murojaat qilishingiz mumkin.