Главная  /  Yevropa  /  LATVIYA  /  Riga Technical University

Riga Technical University

Riga Technical University

Riga Texnika Universiteti Latviya poytaxti Riga shahrida joylashgan bolib bugungi kunda universitetda 17 000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Talabalar asosan MDH dalatlari va AQSH, Germaniya, Ispaniya kabi Yevropa Ittifoqi davlatlaridan kelishadi.

Universitetda 8 fakultet va 20dan ortiq ta’lim dasturlari mavjud. (Quyida dasturlar haqida to’liq ma’lumot olishingiz mumkin).

Universitetga bundan ancha oldin aniqrog’I uzoq 1862-yil 14-oktabrda asos solingan. Aynan shu kuni ilk talabalar o’z o’qishlarini boshlashadi. Universitet Latviya va keyinchalik Rossiya Imperiyasi tarkibida ham birinchi ko’p tarmoqli universitet hisoblangan. Oliygoh Germaniya va Shveytsariya Universitetlari na’munasi asosida yaratilgan. Professorlar ham nemis,avstriya va shveytsariyalik ustozlar bo’lishgan. O’z vaqtida RTUda Xalqaro Nobel mukofoti nomzodi fizik-kimyogar V.Ostvald, mashxur iqtisodchi E. Laspeyres va elektromashinasozlik nazariyasi asoschisi E.Arnoldlar ta’lim berishgan.

Ko’p yillik tajribasiga asoslangan holda RTU jahon va xususan Yevropa davlatlaridagi oliygohlar bilan hamkorlik qiladi, o’zining yuksak tajribasini bo’lishadi. Bu esa universitetning yillar davomida nufuzini yo’qotmasdan faoliyat olib borishida yordam beradi.

RTU QS World Rankingda bir necha yillardan buyon 1000 ta eng kuchli universitetlar ro’yxatidan o’rin egallab kelmoqda.

Endi esa o'quv dasturlari bilan tanishing:

Programme-Catalogue-2020-web2_Страница_1

Programme-Catalogue-2020-web2_Страница_2

Programme-Catalogue-2020-web2_Страница_3 Programme-Catalogue-2020-web2_Страница_4

Programme-Catalogue-2020-web2_Страница_5