Главная  /  Yevropa  /  POLSHA  /  Lazarski University

Lazarski University

Lazarski University

Lazarskiy Universiteti  Polshadagi xususiy universitetlar reytingida (Perspektyviy reytingida) yetakchi universitetlardan hisoblanadi (TOP-3).

Lazarski universitetida 5000 ga yaqin talabalar ingliz yoki polyak tillarida tahsil olishadi.

Oliygoh talabalarning 80% dan ortig‘i ingliz tilidagi dasturlarda tahsil olishadi. Lazarskiyda Polshadan tashqari, Ukraina, Belorus, Rossiya, Turkiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Gruziya, Gana, Zimbabve, Nigeriya, Hindiston, Xitoy,Yaponiya, Vetnam, Germaniya kabi 51ta davlatdan kelgan xalqaro talabalar taʼlim olishadi.

lazarkiy

Siz uchun yana bir qulaylik oliygohdagi “Talabalarga yordam berish xizmati” sizlarga huquqiy va immigratsion muammolarni hal qilishda yordam berish uchun doim harakatda.

Karyera va amaliyot bo‘limi esa talabalarga mukammal amaliyot o‘tash yoki ish topishda yordam beribgina qolmay shuningdek, mehnat yarmarkalarini tashkil qiladi.

Ko‘pchilik talabalar xohlaydigan bir paytning o‘zida 2 Universitet diplomini olish imkoniyati Lazarskiy Universitetida ham mavjud. Buyuk Britaniyaning Koventri Universiteti bilan hamkorlikda ingliz tilida Dual Avard dasturlaridan birini tanlash imkoniyati sizni befarq qoldirmasa kerak. Shunda siz  o‘qishingiz davomida ikki diplom: biri Lazarski universiteti bo‘lsa, ikkinchisi Koventri universitetining diplomi bilan

lazarkiy2.jpg

Universitet qabul jarayonlari ham yengil va xalqaro bo‘lim xodimlari ham juda do‘stona.

Xalqaro bo‘lim sizga Yevropa Ittifoqi homiyligidagi ERASMUS dasturlarida qatnashishga  ham yordam berishadi.

Taniqli, professional ilmiy xodimlarning maʼruzalari sizni o‘z ishining yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishingizda yordam beradi. Lazarkiy milliy va xorijiy kompaniya, tashkilotlar bilan samarali xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘ygan bo‘lib talabalar o‘z amaliyotlarini shunday nufuzli joylarda olib borishlari mumkin.

Qisqacha qili aytganda Lazarkiy universiteti naqd xazinaning o‘zginasi.

O‘z kelajagingizga befarq bo‘lmang.

tuition_fees_2020-2021_eng.jpg

Talablari:

  1. Bakalavrda - 11-sinf o'quvchisi yoki maktab bitiruvchisi, o’rta va o’rta-maxsus diplom (attestat) Magistratura uchun - bitiruvchi kurs talabasi yoki bakalavr dasturi bitiruvchisi
  2. Ingliz tilini bilish - B2, TOEFL (IBT 87, CBT 180, PBT 510), TOEIC (700), IELTS (5.5) darajasidagi bilimlar sertifikati.
  3. Pasport nusxasi