Главная  /  Yevropa  /  LATVIYA  /  EKA University of Applied Sciences

EKA University of Applied Sciences

University of Applied Sciences (EKA)  

Amaliy Fanlar Universiteti

Latviyaning Riga shahrida buyuk rus olimi Lomonosov nomi bilan ataluvchi ko’chada ajoyib oliygohlar mavjud. Shulardan biri bizda EKA nomi bilan mashxur University of Applied Sciences yoki Amaliy Fanlar Universitetir.

Universitet joylashgan bino bir asrdan ortiq tarixga ega bo’lib 1909-yilda bunyod etilgan. Hozirgi kunda bu bino to’liq qayta ta’mirlanib xonalari Yevropa ta’lim standartlariga mos qilib to’liq zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

Lissabon konvensiyasiga ko’ra EKA diplomi butun Yevropa davlatlarida va Lissabon konvensiyasiga qo’shilgan dunyodagi boshqa davlatlarda ham to‘liq amal qiladi va tan olinadi. Darslarni mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda xorijlik professorlar ham olib borishadi.

EKA o’z talabalariga real va virtual ta’lim auditoriyalarini, zamonaviy jihozlangan kutubxonasida audio, videomaterillar bilan bir qatorda rus ingliz , nemis tilidagi nashrdan chiqqan adabiyotlar va  juda katta hajmdagi kitoblar majmuasini taqdim etadi.

Endi EKA universiteti bilan bogliq sanalar va faktlar bilan tanishing:

  • EKAga 1998-yil 23-iyulda asos solingan.
  • 2001-yil 8-fevralda №017 sonli 5 yillk akkredatsidan o’tadi va ushbu akkreditatsiya 2006-yilda cheklanmagan muddatga beriladi.
  • Akademik tarkibning 67% fan doktorligi darajasiga ega.
  • ERASMUS dasturi asosida EKA Yevropaning Fransiya, Italiya, Litva, Polsha, Makedoniya, Niderlandiya, Sloveniya, Ispaniya, Turkiya, Germaniya va Vengirya kabi davlatlar oliygohlari bilan ko’plab dasturlarda birgalikda ishlab kelmoqda. Va bu ro’yxat yildan yilga ortib bormoqda.
  • EKA 14ta davlat a’zo bo’lgan va o’zida 160dan ortiq oliygohlarni birlashtiradigan Boltiq bo’yi davlatlari ta’lim dasturining ham a’zosi hisoblanadi.
  • 2013-yildan boshlab EKA AQSh davlat departamenti moliyalashtirivchi Fulbrayt dasturiga talabalar qabul qilib kelmoqda.
  • 2017-yildan latviya Oliy Ta’lim Muassasalari eksport birlashmasi a’zosi.

eka

EKA talabalari dinamik, ijodiy va qiziqarli hayot shaklini tanlashadi. Chunki EKAning o’zi ham shu xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan. Shunday ekan siz ham bu ajoyib oilaga qo’shiling va talabalik davringizni unutilmas o’tkazing!

 Ta'lim dasturlari bilan tanishing.

Bakalavr davomiyligi narxi  €
Menejment  3 yil 2100
Axborot Texnologiyalari (IT)  4 yil 2500 
Magistratura 
Biznes Boshqaruv 2 yil 2200

Kerakli hujjatlar:

1. Ariza
2. Diplom tarjimasi (apostl)
3. IELTS yoki boshqa til bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar talab etilmaydi.
4. Nomzodning ta'lim xarajatlarni qoplash to'g'risidagi ma'lumotnomasi
5. Sog'lig'i to'g'risida ma'lumotnoma
6. Pasport nusxasi va 4 dona rasm 3.5x4.5 

Intake: Yilda 2 marta oktabr boshida va fevral oxirida

Deadline: 30-iyun va 1-noyabr