Главная  /  Yevropa  /  GERMANIYA  /  Arden University Berlin

Arden University

Arden University Berlin

Germaniyada Angliya universitetlarini izlayotgan bo’lsangiz poytaxt Berlin shahridagi Arden Universitetiga marhamat.

Universitet 2020-yildan o’z faoliyatini yakka tartibda, zamonaviy o’quv xonalari, ma'ruza auditoriyalari, kompyuter labaratoriyalari bilan jihozlangan, ajoyib kutubxonaga ega alohida o’quv binolarida boshlaydi.  

photo_2020-04-27_13-34-47

Talabalar Arden universitetida bakalavr va magistratura bosqicha o’qishlari uchun o’quv dasturlari ishlab chiqilgan.

Universitet Berlinda 2017-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Dastlabki yillarda Axbarot Texnologiyalariga asoslangan (IT) 3ta magistratura dasturi va yilda 1 marta qabul qilish tartibida boshlagan.

photo_2020-04-27_13-36-57

Hozirgi kunda esa yilda naqd 5 marta qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lib AT(IT), Biznes, Menejment, Marketing va Turizm yo’nalishlarida 10ta bakalavr va magistratura dasturlarini taqdim etadi.

2020-yil o’quv yili uchun xorijlik 700dan ortiq talaba har ikkala bosqich uchun o’z arizalarini topshirib ulgurishdi. Germaniyada o’qib Britaniya diplomini olish kimga ham yoqmaydi deysiz.

Universitet xodimlari va katta kursdagi talabalar yilda 5 marta qabul va buning o’ziga xos qiyinchiligini hisobga olgan holda yangi kelayotgan talabalarni qo’llab quvvatlashadi, ulardan o'z yordamlarini ayashmaydi.

photo_2020-04-27_13-31-31

Butun dunyoda yuz bergan murakkab vaziyatni hisobga olgan universitet rahbariyati talabalar uchun ham to’lov kontraktlarida yengilliklar qilishga qaror qilishdi. Bu yilgi qabul uchun 1000 € boshlang’ich to’lov (depozit) to’lab hujjatlarini keyingi bosqichda ko’rib chiqilishiga erishishadi.

Shuningdek magistratura uchun 29- maygacha ilk to’lovni qilgan talabalar 20% chegirmaga ham ega bo’lishadi.

Berlin shahrini talabalar shahri ham deb nomlashadi. Hattoki talabalar uchun eng yaxshi shaharlar ro’yxatida top 10 talikdan o’rin egallagan. Talabalar Berlinda yashashi, nemis madaniyati bilan yaqindan tanishishlari va o’qishdan tashqari ish topishlari mumkin.  Shuningdek Berlin Yevropa shaharlari orasida yashash arzon bo’lgan shaharlardan biri hisoblanishi ko’pchillikka sir emas.

photo_2020-04-27_13-36-43

O’qishni tamomlagan talabalar 18 oylik Germaniyaning ta’limdan keyin ish izlash vizasiga ham ega bo’lishadi. Universitet ta’lim yo’nalishlari ham bugungi zamonaviy dunyoda eng dolzarb hisoblangan kasblar va mutaxassisliklardan kelib chiqilgan holda tanlanganini ham alohida e’tirof etish kerak.

End esa ta'lim yo'nalishlari va narxlar bilan tanishib chiqing.

study payment

Рисунок1 Рисунок2

Tezroq bir qarorga keling va kelajagingizga befarq bo’lmang.

Yanada ko'proq ma'lumot olish uchun telegramda @olimjonobidovga yozing.