Главная  /  Yevropa  /  POLSHA  /  WSB University in Poznan

WSB Universities in Poznan

WSB University in Poznan

Poznan shahrida joylashgan xususiy oliygoh WSB Universiteti Polshadagi eng katta universitetlar guruhi WSB Universitetlar guruhiga kiradi. Universitetga 1994-yilda asos solingan. Ta'kidlab o'tishimiz kerakki WSB In Poznan Polshadagi shu turdagi 10ta Oliy Biznes Maktablaridan biridir.

poznan

1998-yilda Polsha janubidagi Xojuv(Chorzów) shahrida va oradan 10 yil o'tib 2008-yilda Polsha shimolidagi Shesin(Szczecin) shaharlarida Iqtisodiyot fakultetlari ochiladi. Hozirgi kunga kelib esa 10ta shaharda Universitet fakultetlari mavjud (Gdansk,Gdinya, Shesin, Bidgosh, Torun, Poznan, Varshava, Vrotslav, Opole va Xojuv)

 

Polsha Oliy Ta'lim va Fan Vazirligining 2019/2020 yilgi hisobotida WSB talabalardan tushgan arizalar soni bo'yicha xususiy universitetlar orasida 1-o'rinni egallagani talabalarning bu oliygohga qiziqishlarini yaqqol ko'rsatib turipti.
So'ngi yilda universitetlar guruhida qabul soni 25 000 tagacha yetdi. Poznanda hozirda 770ta xalqaro talaba tahsil olmoqda. 
 

ERASMUS + dasturi ko'pchiligimizga ma'lum. Biz taklif qilayotgan Polshadagi barcha universitetlarda bu dastur amal qiladi. Xususan WSB Poznan ham 1999-yildan boshlab Erasmus dasturi bo'yicha ishlab kelmoqda. Bu dastur asosida talabalar  Yevropaning 50dan ortiq universitetlarida(Germaniya, Angliya,Ispaniya, Italiya, Fransiya va boshqa davlatlarda joylashgan) va yana 2 ta AQSh universitetlaridan birida almashinuv asosida tahsil olishlari mumkin. Eng asosiysi bu vaqt davomida WSb uchun kontrakt to'lovi to'lanmaydi. Bundan tashqari Yevropaning yirik kompaniyalarida 3oylik amaliyot o'tash imkoniyatiga ega bo'lishadi. Hozirgi kunda 600dan ortiq talabalar bu dasturlardan foydalanishgan.

wsb poznan

Endi esa yo'nalishlar va kontrakt summasi bilan tanishib chiqamiz.

Poznan shahri BAKALAVR narxi € davomiyligi
Menejment 2 200 3 yil
Ingliz tili Filalogiyasi 2 200 3 yil
Xalqaro Savdo 2 200 3 yil
Kompyuter Texnologiyalari 2 950 3,5 yil
Muhandislik Menejmenti 2 600 3,5 yil
Xojuv shahri Axbarot Texnologiyalari (IT) 2 950 3,5 yil
Logistika 2 600 3,5 yil
Marketing va sotuv 2 000 3 yil
Shesin shahri Menejment 2 200 3 yil

 

Poznan MAGISTRATURA Narxi Davomiyligi
Biznes Menejment 2 500 2 yil
Xojuv Menejment 2 500 2 yil

Kerakli hujjatlar:

1. Ariza
2. Diplom tarjimasi (apostl)
3. Ingliz tili sertifikati B2 daraja (yoki ingliz tilida bakalavr ta'limi)
4. Pasport nusxasi va 2 dona rasm 3.5x4.5