Главная  /  Yevropa  /  BUYUK BRITANIYA  /  Brunel University

Brunel University

 

Brunel University

Brunel Universitieti Buyuk Britaniyadagi nufuzli davlat universitetlaridan biri hisoblanadi. Universitetga 1957- yilda asos solingan.

Universitet reytingi Buyuk Britaniya oliygohlari orasida yildan yilga ko’tarilib bormoqda. Hozirgi kunda dunyodagi eng kuchli top 5% universitetlar qatorida turib QS World Ranking jadvalida 354- o’rinda turadi.

unnamed

Brunel Universitetining eng kuchli yo’nalishlaridan biri “Texnologiya va Muhandislik Ishi” va “Menejment va Ijtimoiy Fanlar”. Ta’lim berishdagi yuksak tajribasi va sifatning yuqoriligi sababli oliygoh bitiruvchilari nafaqat Buyuk Britaniyada balki butun dunyodagi ish beruvchilar o’rtasida ham qadrlanadi.

O’qishga kirish shartlari va narxi.

Universitetga hujjat topshirishdagi asosiy mezon: akademik ulguruvchanlik hisoblanadi. So’ngi statistikaga ko’ra hujjatlarini topshirgan 70% talaba oliygoh tomonidan qabul qilingan.

 Sizning qabul qilinishingizda tanlagan yo’nalishingiz ham bu foizlarga sezilarli darajada ta‘sir qiladi. Shuning uchun ham o’qishga kirishni astoydil xoxlayotgan bo’lsangiz o’z yo’nalishingizdan va haqiqiy qiziqishingizdan kelib chiqib fakultet tanlashingizni maslahat beramiz.


Magistratura bosqichi 2 yoki 3 semestr davom etadi. O’rtacha yillik kontrakt narxi bo’lib to’lash imkoniyati bilan chegirma yutib olgan holatinigizda 15 000$ atrofida bo’ladi. Bundan tashqari yillik turar joy va yashashingiz uchun o’rtacha 9000$ ga yaqin xarajat qilishingizni ham hisobga oling.

Britaniyada bo’sh vaqtlaringizda qonuniy 25 soat ishlashingiz mumkin. Bazilar hatto ko’proq ishlashadi.

Ammo bu ta’lim olish sifatiga salbiy ta’sir o’tkazishini inobatga olishingizni eslatib o’tamiz. Zero sizning maqsadingiz bir yoki ikki yillik vaqtinchalik daromad bo’lib qolmasligi kerak. Sizni yorqin kelajak kutayotganligiga ishonch doimo kuchli bo’lishi muhim.

1169218134

Brunel Universiteti masofaviy ta’lim turini ham taklif qiladi buning uchun universitet saytiga kirib batafsil ma’lumot olishinigz ham mumkin.

 

Universitet tarkibi

Oliygohda o’rtacha 13 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Brunelda ta’lim olish uchun chet ellik talabalardan tashqari mahalliy talabalar ham raqobat qilishadi. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki hozirda 25% universitet talabasi chet ellik talabalardir. Ular orasida 50 dan ortiq o’zbek talabalari ham bor. Ularga 900 ga yaqin universitet ustoz professorlari dars berishadi. Chet eldan chaqirilgan mutaxassislar soni ham sezilarli darajada ko’p.

Universitetda talabalar almashinuv dasturi ham mavjud bo’lib, Sizda Yevropa universitetlaridan tashqari AQSH yoki Kanada davlatlari oliygohlarida o’qib kelish imkoniyati bo’ladi.

Universitet infratuzilmasi.

Ta’lim davomida talabalar universitet kutubxonasidan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari universitet kampusi yaqinida ajoyib yotoqxonasi joylashgan bo’lib talabalar ijaraga olishlari uchun qulayliklar yaratilgan. Brunel Universiteti Association of Commonwealth Universities (ACU) va Universities UK tarkibiga kiradi.

Brunel-2

 

Das Team yordamida Brunel Universitetiga hujjat topshirish.

Biz ushbu oliygohga hujjatlar yig’ishingizda va ularni tog’ri to’ldirishingizda va viza uchun kerak bo’ladigan barcha bosqichlarda o’z professional yordamimizni beramiz.

Ma’lumotning muhimligi

Internet tarmoqlarida ko’plab eskirgan ma’lumotlar yig’ilib qolganligi sababli ko’pincha talaba va abituriyentlar universitetlar va viza jarayonlari haqida eng so’ngi ma’lumotlarni ajratib olishlarida va hujjat topshirishda bazi bir xatolarga yo’l qo’yishadi.

Universitetdan rad javobi kelishida asosiy xatolar haqida to’xtalib o’tamiz:

  • Universitet Deadline muddati o’tib ketgandan keyin hujjat topshirish.
  •  Xalqaro talabalar qabullar soni cheklanganligi yoki umuman qabul qilmasligini bilmaslik.
  • Hujjatlarning noto’liqligi.
  • Universitetga registratsiya qilishdagi xatoliklar.
  • Ustoz, professorlardan olinadigan tavsiyanoma matnining soddaligi.
  • Kuchsiz Turtki xati (“Motivation letter”).

Bizning talabalarda esa bunday muammolar ro’y bermaydi. Professional agentligimiz xodimlari sizda bu kamchiliklar bo’lmasligida o’z yordamlarini berishadi. Chunki biz universitet bilan tez-tez bog’lanib yangilangan xabarlar bilan tanishib boramiz va o’qishga topshirishning nozik jihatlarini bilamiz.
Qabul qilishdagi katta imkoniyatlar.

Top universitetlarga topshirayotganda unutmangki butun dunyodan saralangan kuchli talabalar sizning raqobatchingiz bo’lishadi. Statistikalar shuni ko’rsatadiki faqatgina 10% talabalargina aslida har qanday raqobatga tayyor bo’lishadi. Ularga esa biz kabi agentliklarni keragi yo’q. Lekin siz o’zingizni shu 10% lik nomzodlar orasida ko’ra olmasangiz tabiiyki bizga murojaat qilishingizga to’g’ri keladi.

ardmore-brunel-hero-ca3c693d

Sizga bir sirni ochamiz: universitet hujjatlariningizni qabul qilib siz bilan suhbat belgilashida hujjatlarning ideal tarzda yig’ilishi asosiy mezon.  Biz esa ideal hujjatlar paketi qanday bo’lishini bilamiz. Mutaxassislarimizning barchasida kamida 5 yillik oliy ta’lim tajribasi aksariyatida esa magistratura darajasi mavjud. Biz sizning vaqtinngizni va naqdingizni tejaymiz. Hujjatlar ishini bizga topshirib qo’yib ortiqcha vaqtingizda til darajangizni mukammallashtirishga va suhbatga tayyorgalik ko’rishingiz mumkin.  

Barchaga omad tilaymiz.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telegram, instagram va facebookda @olimjonobidov ga yozishingiz mumkin.