Главная  /  Yevropa  /  GERMANIYA  /  University of Applied Sciences Europe

University of Applied Sciences Europe

The University of Applied Sciences Europe

Yevropa Amaliy San'atlar Universiteti  – Yevropada eng ko'zga ko'ringan Germaniyadagi xususiy universitetlardan biri. Universitetga 2017-yilda San'at va Dizayn Universitetlari qo'shilishi natijasida asos solinadi.

Universitetning Berlin, Gamburg va Izerlon shaharlarida Kampuslari bor.

Sizga ma'lumki Germaniya davlat universitetlariga maktab bitiruvchilarining hujjatlari to'g'ridan to'g'ri qabul qilinmaydi. Lekin UE(universitetning qisqacha abbreviaturasi shunday) maktab bitiruvchilariga ham talaba bo'lish imkoniyatini taqdim etadi. Sizdan esa faqatgina matematika va ingliz tilidan yetarlicha bilimga ega bo'lish va universitet ichki suhbatidan o'tish talab etiladi.   

photo_2020-02-28_21-59-16

Zamonaviy, Yevropa standartlari asosida ixcham o'quv dasturlarida bakalavr va magistratura bosqichida ta'lim olgan talabalar o'z ishining professionallari bo'lib yetishib chiqib, mutaxassislar bozorida har qanday raqobatga tayyor bo'lishadi. Bunda har bir talabaning darslarni o'zlashtirishida individual yonadashuvning o'rni beqiyos. Germaniya ta'limi esa nafaqat Yevropada, balki butun dunyoda ham yetakchi hisoblanadi.

Ta'lim jarayoni talabaning bilimi qobiliyatidan kelib chiqib tuzib chiqiladi. Talabalar ko'proq amaliyot olishi maqsadida oliygoh ularni o'zi  hamkorlik qiladigan kompaniya, tashkilotlarga amaliyot o'tash uchun jo'natadi. Talabalar biznes, media, siyosat, fan va madaniyat sohalarida ish mahoratiga ega bo'lishadi.  

 

O'quv jarayonlari va ta'lim dasturi 

Ta'lim tili talabaning tanlagan dasturidan kelib chiqib ingliz yoki nemis tilida olib boriladi.Yana bir o'ziga xos tomonlaridan biri ta'lim dasturlari kompaniyalar buyurtmasi asosida tuzib chiqiladi.Bu jarayonlar talabaning o'qish davridayoq kelajagini to'g'ri tanlashiga yordam beradi.

Talabalar quyidagi o'zlariga mos yo'nalishlarni tanlashlari mumkin:

  • San'at va dizayn.
  • Biznes, Psixologiya,Media va Sport.

Har bir tanlangan yo'nalishlarning ham alohida mutaxassisliklari bor.

San'at va dizayn yo'nalishlarining mahsus mutaxasissliglariga "Fotograflik", "Kompyuter O'yinlari Dizayneri","Dizayn va Aloqalar Tarmog'i" yo'nalishlari kiradi.

Ikkinchi yo'nalishda esa "Biznes va Menejment", Biznes va Huquq", "Raqamli Texnologiyalar Sohasida Biznes", "Biznes va Psixologiya, Sport va Tadbirlar Tashkillashtirish" dasturlari kiritilgan.

photo_2020-04-17_16-03-10 (2)

Tartib asosida ta'lim davomiyligi 6 yoki 7 semestr davom etadi. Semestrlardan biri tanlangan yo'nalishga qarab universitetning xorijiy davlatlardagi hamkor universitetlarida o'tadi.

Australia-Torrens University, Victoria University, Murdoch University, University of the Sunshine Coast

Canada-Island University, OCAD, Carleton University, Kwantlen Polytechnic University

Italy-Nuova Accademia Di Belle Arti

Peru- Universidad Peruana de Ciencias Aplicadas

Portugal- Instituto de Artes Design eMarketing

South Korea- Chung-Ang University

Spain- Universidad Europea

Thailand-Stamford University

UK-University of South Wales, Anglia Ruskin University, Metropolitan University, Napier University, Kingston University, London School of Economics and Political Science , Ravensbourne University, University of Westminster, Northumbria University Newcastle

USA- Columbia University, NY California State University, Northridge, San Diego State University, Riverside: University of California, Hawai'i Pacific University, PACE University, NY 

Czech Republic- FAMU

Finland-TAMK University

Iceland- Iceland Academy of the Arts va boshqa ko'plab oliygohlar.

Magistratura bosqichida o'qish 2 yilga mo'ljallangan. Bakalavr bosqichini tamomlaganlar ikkilanmasdan o'z hujjatlarini topshirishlari mumkin bo'ladi. Mashg'ulotlar haftada 2.5 kunga mo'ljallangan bo'lib bu qolgan bo'sh vaqtingizda ijodiy faoliyat yoki amaliyot o'tashingiz uchun ayni muddao.

Turar joy va qo'shimcha sharoitlar

EU talabalari ta'lim davomida kampuslar yaqinidan turar joylar ijaraga olishadi. Shuningdek o'zlari uchun yillik talabalar yo'l chiptasi xarid qilishlari mumkin (yillik chipta Berlinda 194€ tursa Gamburgda 181€ ga teng). Izerlon shahridagi kampusda universitet rezidensiyasi mavjud bo'lib shinam xonalari, alohida oshxona va vannasi bor. Shuningdek rezidensiya trenajor zali va muz saroyi bilan ta'minlangan. 

Kampuslarda o'qishdan tashqari talabalar tomonidan tashkillashtirilgan turli xil ko'ngilochar tadbirlar, sport musobaqalari madaniyat kunlari, aylana stol qarshisida davra suhbatlari konferensiyalar o'tkaziladi.

Xorijda o'qish va o'zingiz uchun munosib universitet tanlash oson ish emas. Bunday holatlarda albatta Das Team Consultingga murojaat qilishingiz va biz bilan talaba bo'lish orzuingizga erishishingiz mumkin.

Tuition fees 2020 - English programmes 2Qo'shimcha ma'lumot uchun telegramda @olimjonobidov ga yozing.