Главная  /  Yevropa  /  GERMANIYA  /  BSBI

BSBI

Berlin School of Business and Innovation

dKVaRAMBBSBI Berlin School of Business and Innovation

 

 

 

 

Berlin School of Business & Innovation (BSBI) – Germaniya poytaxti Berlin shahrida joylashgan xususiy universitet.

Universitetning asosiy vazifasi talabalarini biznes va menejment sohalarining eng yetuk kadrlari qilib tayyorlash hisoblanadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun ta’lim shaklini asosiy 3 ta narsaga qaratishadi. Bu ularning shioriga ham aylanib ulgurgan.

Ishbilarmonlik

Yetakchilik

Omad

unnamed

Barcha oquv dasturlari amaliy talim bilan uzviy aloqador shaklda yaratilgan. Talabalar o’zlashtirgan fanlarini hayotiy keyslar bilan olib borishadi. Muammo va masalalarni Ishlab chiqarish ko’rgazmalari, kompaniyalar va ularning ofislariga borib joyida borib ko’rishadi va ularga yechim topishadi. Muammolarni yechishda talabalar har xil mavzularda muhokamalar bahslar olib borishadi. Bu esa yuqorida aytib o’tganimizdek talabaga ma’ruzalarda olingan bilimlarini amalda qo’llash imkonini beradi.  

BSBI shuningdek turli biznes tarmoqlarida haq to’lanuvchi amaliyot dasturlari ham tashkillashtirib beradi. Talabalar amaliyot jarayonlariga tezroq kirishib ketishlari uchun esa nemis tili kurslari ham tashkillashtirilib beriladi.

52598354_2358801107672229_1702348770676572160_n

Universitet ochilganiga uncha ko’p vaqt bo’lmaganiga qaramasdan hozirgi kunda ko’plab xalqaro universitetlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Shunday universitetlar sirasiga: Universit à Telematica Internazionale UNINETTUNO, InterActive, London College of Contemporary Arts, The Language Gallery, Global University Systems и London School of Business & Finance kiradi.

Bu kelishuvlar BSBI talabalariga ta’lim jarayonlariga ushbu oliygohlardan ham kuchli professorlarni jalb qilish imkoniyatini beradi.

Universitet o’z hayotini iqtisodiyot, biznes, xalqaro turizm, event-menejment, moda sanoati, strategik marketing, moliya va investitsiya sohalaridan biri bilan bog’lagan inson uchun intensiv ta’limni taklif qiladigan kam sonli universitetlardan hisoblanadi.

Oliygoh jami bakalavrda 2ta, magistraturada 5ta va 2ta  MBA  dasturlarini taklif qiladi.

BSBI da o’qiyotgan talabalar ajoyib muhitni his qilishadi. Universitet kampusi go’zal bog’lar, savdo do’konlari, restoranlar, kafe va zamonaviy ko’ngilochar maskanlar bilan o’ralgan. Kampusning o’zi esa keng va yorug’ xonalar, zamonaviy mehmonxona va bepul internet bilan ta’minlangan.

Dwij_SdWkAAMIPn

 

BSBI da oqishining qulayliklari

  • Germaniya poytaxtining  qoq markazida joylashgan zamonaviy kampusda Oliy talim.
  • Kichik auditoriyalarda zamonaviy talim uslublari va mehmon professor maruzachilarning taklif qilinishi.
  • Har bir talabada haq tolanuvchi 2 oylik amaliyot otash imkoniyati.
  • Ta’lim davomida talabalar London School of Business & Finance universiteti mutaxassislaridan bepul 5 kunlik kurslar.
  • Bepul nemis tili kurslari.
  • Karyera Markazi xodimlarining doimiy ko’magi.
  • Juda katta online resurlardan foydalana olish imkoniyati.

 

Bakalavr

  • BA in Economics and Business Administration

Magistratura

  • MA in International Tourism, Hospitality and Event Management
  • MA in Fashion, Retail and Luxury Management
  • MA in Strategic Marketing
  • MA in Finance and Investments
  • Global MBA

study payment and insta_Страница_1 study payment and insta_Страница_2

Bakalavr dasturi davomiyligi 3 yil bo’lib til sertifikatingiz (IELTS) darajasi 6 balldan past bo’lmasligi kerak.

Magistratura va MBA dasturi

Universitet doim o’z talabalariga Berlindan qulay va arzon turar joy masalasida yordam berishga tayyor.

Buning uchun esa BSBI ikki yirik turar joy topib berish agentliklari Spotahome va Uniplaces bilan hamkorlik qilishadi. Har ikkala agentliklar ham Berlin markazidan kvartiralar topib berish bilan shug’ullanadi. Uniplaces agentligi esa BSBI talabalari uchun 25 % lik mahsus chegirma ham qilib berishadi. Berlinda ortacha turar joy narxi 420€

Germaniya va u yerda o'qish to'g'risida yillab gapirish mumkin. Lekin ming marta eshitgandan ko'ra bir marta borib ko'rgan yaxshi. 

Borib ko'rish uchun esa Das Teamga murojaat qilish esingizdan chiqmaydi degan umiddamiz.

Qo'shimcha savollar uchun telegram/instagram/facebook da @olimjonobidov ga yozing.