Главная  /  ASIA  /  SOUTH KOREA  /  Koreya  /  Global Korea Scholarship

Korean Government Scholarship Program

Global Korean Scholarship

(Master’s and PhD degrees)

 

2023-yilgi GKS (Global Korean Scholarship) dasturining magistratura va doktorantura bosqichiga qabul shu kunlarda studyinkorea.go.kr saytida e’lon qilinishi kutilmoqda. Ushbu maqola orqali sizga GKS (Global Korean Scholarship) dasturi bo‘yicha bir qancha foydali ma’lumotlar, jumladan grant yutish shartlari va taqdim etiluvchi imkoniyatlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz (Magistratura va Doktoranturaga hujjat topshiruvchilar uchun).

Asosiy ma’lumotlar:

  • 2022-yilda GKS granti dunyo miqyosida 1378 talabaga taqdim etilgan.
  • 2022-yilda O‘zbekiston uchun jami 40 ta (University track: 28 ta o‘rin, Embassy track: 12 ta o‘rin) ajratilgan (bu raqam 2023-yilda o‘zgarishi mumkin)
  • 2023-yilgi GKS dasturi uchun hujjat topshirish 2023-yil 12-fevralidan 2019-yil 20-martgacha davom etishi kutilmoqda (qabul tugashi sanasi har bir universitetga qarab 15-martdan 31-martgacha o‘zgarishi mumkin)

Asosiy talablar (ushbu talablarga mos tushmasangiz GKS dasturiga hujjat topshira olmaysiz):

  • Bakalavr diplomiga ega bo‘lish yoki bakalavr oxirgi kursida o‘qiyotgan bo‘lishingiz lozim (Doktotantura uchun magistr diplom)
  • Diplom o‘rtacha bahosi 80% dan past bo‘lmasligi kerak
  • Koreyada oldin Bakalavr dasturida oʻqimagan bo'lishingiz lozim

Sizga quyidagi ko‘rsatgichlarga ega bo‘lish tavsiya etiladi:

  • IELTS sertifikati (6.5 daraja eng kamida) yoki TOPIK 4 (Koreys tili bilish darajasi)
  • O‘z sohangizga oid bo‘lgan turli xil xalqaro sertifikatlar, volontyorliklik faoliyati bilan shug‘ullanganligingiz haqida hujjat, darsdan tashqari ijtimoiy faoliyatga doir xalqaro yorliqlar.

GKS dasturi tomonidan quyidagilar ta’minlanadi:

  • 2 yil magistratura / 3 yil doktorantura (+ 1 yillik koreys tili kursi) to‘liq qoplanadi (TOPIK 5 yoki 6 darajaga ega bo‘lmagan g‘olib talabalar 1 yil davomida koreys tili dasturini o‘tashi lozim)
  • O‘qish davomida 1 000 000 von (~ 820$) stipendiya beriladi.
  • TOPIK 5 yoki 6 darajasiga bo‘lsangiz oylik qo‘shimcha 100 000 von (~82$) taqdim etiladi.
  • O‘qish davomida tibbiy sug‘urta qoplanadi.
  • Bir martalik kelish-ketish avia chiptasi beriladi.

 

Quyida eng ko‘p beriladigan savollar va ularga to‘g‘ri javoblar bilan tanishishingiz mumkin:



1. Savol: Hozirda bakalavr bosqichi 4-kurs talabasiman. Hali diplomim yo‘q, hujjat topshirish imkonim bormi?

Javob: Ha. Siz hujjat topshirayotgan vaqtingizda universitetingizdan olingan diplom o‘rniga maxsus hujjat (Certificate of Expected Graduation) taqdim etishingiz lozim. So‘ng, dasturga muvafaqqiyatli qabul qilingan taqdiringizda, 2023-yil 31-avgustgacha diplomingizning apostl qilingan nusxasini topshirishingiz lozim.

2. Savol: Hozirda Koreyada bakalavr bosqichida o'qiyman. KGSP ga hujjat topshira olamanmi?

Javob: Yo‘q. Koreyada allaqachon tahsil olgan yoki tahsil olayotgan xorijlik talabalar GKS dasturiga qabul qilinmaydi.

3. Savol: Bakalavrda o‘qish davomida Koreyada 1 yil (yoki 1 semestr) Exchange program bo‘yicha o‘qiganman. Ushbu holatda GKS dasturiga hujjat topshira olamanmi?

Javob: Ha. Exchange program orqali Koreyada bo‘lib qaytganlar GKS dasturiga hujjat topshirishlari mumkin.

4. Savol: Diplom (zachyotka) baholarim oʻrtachasi 79,5 ballni tashkil etadi. Ushbu holatda ham GKS dasturiga hujjat topshirim mumkinmi?

Javob: Yo'q. GKS dasturiga hujjat topshirish uchun o‘rtacha baho minimum 80 % dan kam bo‘lmasligi lozim.

5. Savol: Ham Embassy track, ham University track orqali hujjat topshira olamanmi?

Javob: Yo‘q. Siz faqat bittasi orqali hujjat topshirishingiz mumkin.

6. Savol: Menda faqat IELTS sertifikati bor. Embassy track orqali hujjat topshira olamanmi?

Javob: Yo‘q. GKS reglamentiga ko‘ra har bir elchixona yuqorida ko‘rsatilgan asosiy talablardan tashqari qo‘shimcha talablarni amalga kiritishga haqli. O‘zbekistonda Embassy track hujjatlari Koreya Elchixonasi qoshidagi Koreys Tili Markazi tomonidan qabul qilinib, hujjat topshirish uchun nomzodlardan TOPIK 4 darajasi ham talab qilinadi. Shundan kelib chiqib, faqat IELTS sertifikatiga ega nomzodlar faqat University track orqali hujjat topshirishlari mumkin.

Siz agarda yuqorida sanalgan talablarga mos kelsangiz va Koreya Respublikasida tahsil olishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, DAS TEAM konsalting firmasi GKS dasturi orqali Koreya Respublikasida tahsil olgan sobiq talaba ishtirokida ZOOM orqali uchrashuv tashkil etish va batafsil ma’lumot taqdim etishni rejalashtirmoqda. ZOOM uchrashuvga yozilish uchun quyidagi telefon raqami yoki Telegram orqali DAS TEAM konsalting jamoasiga murojaat etishingiz mumkin:

Murojaat uchun:

+998935993500

+998937613500

 

Теги KGPS Koreya