Главная  /  Dasturlar  /  Work and Travel  /  Work and Travel in Germany 2021

Work and Travel in Germany 2021

Work and Travel in Germany 2021
    “Work and Travel 2021”
        
 
  
“Work and Travel” o’zi nima va u qanday dastur?
“Work and Travel” dasturi bu – Germaniya Mehnat Vazirligi tomonidan mahalliy va xalqaro talabalarning ta’tilda bandligini ta’minlash, Germaniya madaniyati bilan tanishishi uchun tashkil etilgan, faqatgina talabalar qatnasha oladigan maxsus dastur hisoblanadi.
“Work and Travel” dasturida Bakalavr bosqichining 1-2-3-bosqich talabalari, shuningdek, magistratura 1-bosqich talabalari qatnashishi mumkin.
“DAS TEAM” Consulting orqali “Work and Travel” dasturida qatnashish tartibi quyidagilardan iborat :
          Ilk bosqich:
«Work and Travel» dasturida qatnashish uchun, avvalo, Germaniya Mehnat Vazirligidan ushbu dasturda qatnashish uchun registratsiyadan o’tish zarur. Registratsiya uchun kerakli hujjatlarni to’ldirish, nazariy Consultatsiyalar berish, hujjatlar tayyor bo’lgandan so’ng ularni DHL Express xalqaro pochtasi orqali Germaniya Mehnat Vazirligiga jo’natish va ushbu dastur uchun registratsiya bo’lishini ishonchli tarzda ta’minlash — bularning barchasi bizning taqdim etadigan xizmatlarimizning ilk bosqichi hisoblanadi.
12355454667
         Registratsiya hujjatlarini tayyorlash:
Avvalo, kerakli ma’lumotlarni quyidagi havola orqali bizga jo’natish kerak :
Online ariza to’ldirilgandan keyin, hujjatlarning bir qismi hisoblangan «ENROLMENT» hujjati to’ldirilgan holatda Telegram ( yoki E-Mail ) orqali talabaga jo’natiladi. «ENROLMENT» ni 3 nusxada RANGLI tarzda printerdan chiqarib, Oliy Ta’lim muassasasidagi Xalqaro aloqalar bo’limi yoki Dekanatdan hujjatning belgilangan hududi (pastki qismi) ga  imzo va pechat olgan holatda, bizning ofisimizga 3 ta ORIGINAL nusxada tayyorlab kelish kerak. Qulaylik yaratish maqsadida, qolgan kerakli barcha hujjatlar ofisimizda bevosita talabaning ishtirokida tayyorlanadi.
Registratsiya hujjatlarini Original nusxada ofisimizga olib kelishingiz kerak.
Kerakli hujjatlar :
- imzo-pechatli tayyorlangan "ENROLMENT" ning 3 nusxadagi Original shakli;
- 3.5*4.5 hajmdagi 4 dona fotosurat;
- pasport asl nusxasi ( zagran pasport ham, agar mavjud bo'lsa )
- xalqaro pochta xizmati to'lovi
 
 Xalqaro pochta to’lovi haqida:
Xalqaro pochta to’lovi bu – dastur talabiga muvofiq, hujjatlarning original nusxasi DHL Xalqaro pochta orqali Germaniya Mehnat Vazirligiga jo’natilishi uchun to’lanadigan to’lovdir. Xalqaro pochta xizmati to’lov qiymati — 500.000 so’mni tashkil etadi.
DIQQAT!!! Ushbu to’lov FAQATGINA registratsiya hujjatlari tayyorlanib, DHL xalqaro pochta orqali jo’natilib, ishonchli tarzda registratsiya bo’lishi uchun qilinadigan to’lovdir va bu bizning xizmatimiz uchun to’lanadigan haq tarkibiga kirmaydi !!!
            Ish takliflari:
Ish takliflari, odatda, fevral oyidan may oyigacha taqdim etiladi. Bazi hollarda, undan oldinroq ham ish taklif etilishi mumkin. Ish sohasi avvalambor, sizning dasturda Nemis yoki Ingliz tili orqali qatnashayotganingizga ko’ra taklif etiladi. Nemis tili bo’yicha ish sohalari va vakansiyalar soni Ingliz tilichilarga nisbatan ko’proq taqdim etiladi.
             Firma xizmat haqi:
“DASTEAM” Consulting firma xizmat haqi umumiy miqdorda 5.000.000 so’mni tashkil qiladi. Firma xizmat haqi 2 bosqichda amalga oshiriladi :
  1. Talabaga aniq vakansiya bo’yicha ish taklif qilinayotgan paytda firma xizmat haqining yarmi, ya’ni, 2.500.000 so’m to’lanadi. Shundan so’ng vakansiya bo’yicha shartnoma tayyorlash jarayoni boshlanadi.
  2. Ish shartnomasining Original nusxasi taqdim etilganda firma xizmat haqining qolgan yarmi, ya’ni, 2.5000.000 so’m to’lanadi. Barcha to’lovlar shartnoma asosida amalga oshiriladi va firma hisob raqamiga bank orqai to’lanadi.
              Shartnoma:
Dastur shartnomasining Original nusxasi tayyorlanadi. Shartnoma Germaniya Mehnat Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va shartnomani ORIGINAL nusxada bizning ofisimizdan olish mumkin bo’ladi. Dastur shartnomasining qiymati:
  • Shartnoma ish shartnomasi bo’lishi bilan birga, Germaniya Mehnat Vazirligi tomonidan tasdiqlangan va faoliyat olib boriladigan firma tomonidan beriladigan talabaning Taklifnomasi ham hisoblanadi;
  • Germaniyada shartnomadagi muddatda yashash va ishlash huquqini taqdim etadi;
  • Viza bo'limiga taqdim etiladigan eng muhim hujjat hisoblanadi;
             Firma xizmati yakuni:
Talabaga dastur shartnomasining Original nusxasi topshirilayotgan paytda, firma xizmat haqining 2-qismi, ya’ni, 2.500.000 so’m to’lab beriladi. Hujjatlarning Original nusxasi taqdim etilgandan so’ng, “DAS TEAM” Consultingning firma xizmati yakunlanadi.
Firma xizmatlariga quyidagilar kiradi:
  • Dastur bo'yicha konsultatsiyalar berish;
  • Dastur registratsiyasi uchun hujjatlarni tayyorlash;
  • Dastur registratsiyasini ishonchli tarzda amalga oshirish;
  • Ish takliflari taqdim etish;
  • Dastur shartnomasini ORIGINAL nusxada taqdim etish;
  • Ish joyi bo'yicha batafsil ma'lumotlar berish;
  • Germaniyada yashash bo'yicha foydali ma'lumot va maslahatlar berish;
          Umumiy xarajatlar:
• Firma xizmat haqi – 5.000.000 so’m
• Viza + sug’urta – 160 $
• Aviachipta – 450-550 $
Quyidagilar uchun biz javobgar emasmiz:
► Viza masalalari uchun;
► Germaniyadagi xarajatlaringiz uchun;
► Ma'lum sabablarga ko'ra talabaning Germaniyaga bormasligi uchun;
► O'qish masalalari bo'yicha muammolar uchun;
► Pandemiya va shunga o'xshash sabablar uchun;
E’tibor bering !!! Dasturda registratsiya qilindi degani, 100 % vakansiya chiqadi degani emas. “DAS TEAM” Consulting hujjat topshirgan talabalarga maksimal tarzda vakansiyalar qilib beradi, ammo hech qanday javobgarlikni o’z bo’yniga olmaydi.

Online ariza to'ldirish

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeLyNwu4b8tImGs1CzXjkGRcxRmYKHsrCmNUEJDa8XtYQFapQ/viewform?usp=sf_link

111

Batafsil ma’lumot
Work and Travel bo’yicha konsultantlar
+998903538666
+998942471100
 
Bizni kuzatib boring va obuna bo’ling!
 
Bizning manzil: Abdulla Qodiriy 1, Olmazor tumani, Toshkent shahri, O’zbekiston (Ganga, Milliy Bank, Ankara Kebap)
 
DAS TEAM CONSULTING
Теги germany work and travel dasteam