Главная  /  Grantlar  /  Koreya  /  Korean Government Scholarship Program (KGSP)

Korean Government Scholarship Program (KGSP)

Koreya hukumatining Korean Government Scholarship Program (KGSP) dasturi haqida ma’lumot bermoqchimiz.
   Ushbu dastur Koreya hukumatining chet ellik talabalar uchun yaratilgan eng asosiy grant dasturi hisoblanadi. 
    Dunyoning eng yaxshi Top-10 “Full scholarship”lari ro'yxatiga kiradi.
Butun dunyodan KGSP uchun 775ta Master/PhDlar qabul qilingani holda O'zbekiston uchun ham  jami 17ta (University track:11 ta o'rin, Embassy track : 6ta o'rin ajratilgan). 
     TOPIK sertifikatiga ega bo'lmagan talabalar University track orqali hujjat topshirishlari mumkin. 
     2019-yilgi KGSP dasturi uchun hujjat topshirish 2019-yil 1-fevralidan 2019-yil 15-martgacha davom etadi. 

photo_2018-12-25_18-07-34

Asosiy talablar:
- Bakalavr yoki Magistr diplomi (PhD uchun) 
- Diplom bahosi o'rtacha 80% dan past bo'lmasligi kerak
- Koreyada oldin Bakalavr dasturida o'qimagan bo'lishi lozim

KGSP dasturi tomonidan quyidagilar ta'minlanadi: 
- 2 yil Master (+ 1 yillik Koreys tili kursi) to'liq qoplanadi
- oylik 900 000 won (~900$) stipendiya beriladi. 
Agar sizda koreys tili TOPIK 5 yoki 6 darajasi bo'lsa stipendiya miqdori 1 000 000 won  (~1000$) tashkil etadi.
- O'qish davomida sug'urta qoplanadi.
- Bir marta kelish-ketish avia chiptasi beriladi.

   “Das Team” consulting esa sizga bu dasturga hujjat topshirishingizda va o’sha  omadli talabalardan biri siz bo’lishingiz uchun amaliy yordam beradi.     Grant dasturining konsultanti hozirgi kunda Koreya Respublikasining top-3 eng kuchli universiteti Korea Universityning  Graduate School of International Studies (International Commerce Major) fakulteti magistri  KGPS Granti asosida tahsil olayotgan @Shakhzod_Nazarov

Теги KGPS Koreya