Главная  /  Osiyo  /  Turkiya  /  Istanbul Aydin  /  100 % gacha GRANT imkoniyati

100 % gacha GRANT imkoniyati

Online GRANT imtihon
Ma’lumki Covid-19 pandemiyasi sabab xalqaro ta’lim sohasida ham turg’unlik paydo bo’ldi. Xorijiy universitetlarda talabalarni qabul qilish taqvimida kechikishlar kuzatilmoqda. Lekin biz sizga uyda qolishingizni maslahat bergan holda o’z uyingizdan turib Turkiyaning Istanbul Aydin Universiteti GRANT imtihonida qatnashib 100 % gacha chegirma yutib olishingizda yordam beramiz.
Imtihonda bo’yicha umumiy qoidalar
  1. Imtihon qaysi fanlardan bo’ladi?
Ma’lumki Turkiyadagi davlat universitetlari xorijiy talabalarni barcha soha uchun matematika va mantiq savollaridan iborat test sinovi (YÖS) orqali qabul qiladi. Mazkur online imtihon ham matematika va mantiq savollaridan iborat bo’ladi. Umimiy 80 ta savol (40 ta matematika, 40 ta mantiq) bo’lib 100 ballik tizimda baholanadi.  Ma’lumot uchun, telegramda YOSEXAMPLE nomli kanalimiz mavjud bo’lib unda namuna savollar joylangan, imtihonga tayyorgarlik ko’rishda foydalanishingiz mumkin.
  1. Imtihonda kimlar qatnashishi mumkin?
Mazkur online imtihon bakalarvr bosqichida ta’lim olishni hoxlovchi talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib unda o’rta maxsus ta’lim (litsey, kollej hamda 11 yillik maktab) ni ta’momlaganlar hamda joriy 2020 yilning bitiruvchilari qatnashishi mumkin.
  1. Imtihon qanday tartibda bo’ladi?
Online imtihon uchun ro’yhatdan o’tib registratsiya qilingan nomzod talaba belgilangan sana va soatda online imtihon tizimiga kirishi lozimdir. Har bir ro’yhatdan o’tgan talabaga agentlik tomonidan online imtihon tizimining internet sahifa havolasi va sahifaga kirish uchun tizim kodlari jo’natiladi. Ushbu sahifaga kod orqali kirib talaba test savollarini yechishi mumkin.
  1. Nimalar man e’tilgan?
  • nomzod talabaning o’rniga boshqa birovning qatnashishi
  • Online imtihon mobaynida talabaning oniy hatti harakatlari (monitordan boshqa yerga qarash, o’rnidan turish, monitordagi kadrdan har qanday sabab bilan chiqib ketish, monitordagi kadrda talabadan tashqari har qanday shaxs yoki obyektning namoyon bo’lishi, omline imtihon topshirilayotgan elekton uskuda IP manziliga boshqa elektron uskunda orqali kirish, online imtihon mobaynida nomzod talabaning monitorda yangi yangi sahifa (ОКНО) ochishi
  1. Nomzod talaba uchun ko’rsatmalar
  • Talaba imtihon savollarini belgilangan muddatdan avval ishlab bo’lgan taqdirda ham belgilangan muddat tugamasidan avval tizimdan chiqib ketmaslik (belgilangan muddat tugaganda tizim avtomatik yopiladi)
  • Imtihon paytida aloqa uzilishi kuzatilmasligi uchun internet manbasini yuqori darajada ta’minlash
  • Imtihon paytida aloqa uzilishi kuzatilgan taqdirda bu nomzod talaba tomonidan yo’l qo’yilgan kamchilik deb baholanadi
  1. Imtihon natijalari qanday holatda tan olinmaydi
  • Imtihonda bo’yicha umumiy qoidalarning 4 va 5 bandlaridagi ko’rsatmalarga amal qilinmaganda
  • Imtihonda bo’yicha umumiy qoidalarning 4 va 5 bandlaridagi ko’rsatmalarga amal qilinmaganligi imtihondan keyin ham ma’lum bo’lgan va isbotlangan taqdirda
  1. Imtihonda qatnashish MUTLAQO BEPUL
  2. Imtihon vaqti: 28.06.2020 soat 16 : 00 da
 
Kerakli Hujjatlar:
  1. Pasport (elektron)
  2. Rasm 3,5 * 4.5 (elektron)
  3. Tel nomer
 
Batafsil ma’lumot:
Turkiya bo’yicha konsultant
+998993666013
 
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va obuna bo’ling!
 
Registratsiya manzili: Chimkent ko’chasi 1/14, Mirabod tumani, Toshkent shahri, O’zbekiston (Toshkent SUM, Knijniy Mir)
 
DAS TEAM CONSULTING
Теги online imtihon studyinturkeyuz scholarships grant istanbul aydin studyabroad turkishuniversities dasteam grantlar turkey