Главная  /  Dasturlar  /  FSJ (Ijtimoiy mehnat programmasi)  /  Germaniyada ijtimoiy mehnat programmasi (FSJ)

Germaniyada ijtimoiy mehnat programmasi (FSJ)

Germaniyaga parvozni biz bilan kafolatlang !!!   

Nemis tilini bilasizmi? Sertifikatingiz bormi? Germaniyada o`z qiziqishlaringiz bo`yicha ta`lim olmoqchimisiz? Das Team Consalting firmasi sizga bu borada yordam berishdan mamnun.

Bizning Jamoa Oliy o`quv yurtini tamomlayotgan 4-kurs talabalari, kollej yoki litsey bitiruvchilarini Germaniyada ijtimoiy mehnat programmasi ya`ni, (FSJ)ga taklif etadi!

Loyiha ishtirokchilari Germaniyada 6 yoki 12 oy davomida bolalar, nogironlar yoki qariyalar uyida yordamchi (Pfleger oder Betreuer) sifatida ishlaydilar. Ushbu loyihada ishtirok etgan ko`ngilli yoshlar xizmat vazifalaridan so`ng Germaniya oliygohlarida Ausbildung, Bachelor va Masterstudium qilish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

Ko`ngillilarga(Freiwilligen) kam miqdorda moliyaviy mablag` berilsada, ko`plab imkoniyatlar taqdim etiladi:

- Shinam turar joy;

- Oylik cho`ntak puli(monatliches Taschengeld) 100-140 Euro;

- Oziq ovqat uchun(Verfplegung) 200-250 Euro;

- Til darajasini yanada yaxshilash uchun bepul til kurslari;

- Yil davomida ko`plab Seminar va Training larda qatnashish;

- FSJ dan so`ng Ausbildung, Bachelor yoki Masterstudium qilish imkoniyati;

photo_2019-01-29_18-14-12

Programmada qatnashish uchun talab qilinadigan hujjat – Til sertifikat (kamida) CEFR B1(TestDaf, Goethe Zertifikat, OnSet).

Qolgan hujjatlarni yo`nalishingizga bog`liq tarzda tayyorlanadi.

Freiwilligendienste(FSJ) programmasi uchun hujjatlaringizni bizning ko`magimiz ostida topshiring va o`z maqsadlaringiz sari olg`a qadam tashlang.

Qo`shimcha ma`lumot Telegram: @FSJ_in_Deutschland

Теги FSJ Germaniya