Главная  /  Grantlar  /  Fransiya  /  Bourse du Gouvernement Français, BGF

Bourse du Gouvernement Français, BGF

Bourse du Gouvernement Français, BGF

Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi Fransiya Hukumati granti (Bourse du Gouvernement Français, BGF) uchun tanlov e’lon qiladi. 


Tanlovning shartlari :
-  Bakalavr darajasining oxirgi bosqichida bo’lishi yoki uni tamomlagan bo’lishi kerak ;
-  Fransuz tili (TCF/DALF/DELF (eng kamida B2)
 yoki ingliz tili (IELTS, eng kamida 6,5) bilishini tasdiqlovchi serifikatga ega bo’lishi ;
-  Maxsus anketani to’ldirib, qo’shimcha hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Grant orqali ega bo’ladigan imkoniyatlari :
-  Fransiyaning eng obro’li universitetlaridan birida tahsil olish imkoniyati;
-  Kontrakt to’lovi (5000 eurogacha) Fransiya hukumati tomonidan qoplanadi;
-  O’qish davomida bir martalik O’zbekiston-Fransiya yo’nalishida borish va qaytish aviachiptasi;
-  Tibbiy sug’urta;
-  Har oy 650 eurogacha stipendiyaga ega bo’lish imkoniyati.
Qo’shimcha ma’lumot @dasteam konsultanti hozirda Fransiyada BGF Grant dasturi asosida Magistratura talabasi:

@Otabek_Toshev 

photo_2018-12-25_18-07-34

Теги BGF Fransiya